KLAYPEDA (1923-y. gacha Memel) — Litvadagi shahar, Boltiq dengizidagi moʻzlamaydigan port. T. y. stansiyasi. Aholisi 205,1 ming kishi (2000). Dengizdan baliq ovlash floti bazasi. Kemasozlik va kema toʻzatish, toʻqimachilik (ip gazlama matolar), sellyuloza-qogʻoz, balik, sanoati korxonalari bor.
Kahrabodan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Konservatoriya, drama teatri, oʻlkashunoslik, dengiz va soat ishi muzeylari, suratlar galereyasi mavjud. 17—18-a. meʼmorlik yodgorliklari saqlangan. Klaypedaga 1252-y. Memelburg qalʼasi sifatida asos solingan.