«KITOBXON» JAMIYATI — kitobsevarlarni birlashtirgan jamoatchilik tashkiloti. 1974-y. da Respublika kitobsevarlar koʻngilli jamiyati si-fatida tashkil etilgan. 1998-y. da alohida faoliyat olib borayotgan Toshkent sh. kitobsevarlar koʻngilli jamiyati b-n birlashtirilib, Respublika «Kitobxon jamiyati»j. ga aylantirildi; viloyatlarda uning boʻlimlari mavjud. «Kitobxon jamiyati»j. ning vazifasi xalqning kitob ishi va kitobxonlik, kitob nashri va taqsimoti sohasidagi madaniyatini oʻstirish, kitob fondlari va shaxsiy kitob toʻplamlaridan samarali foydalanish, maʼnaviyat va axloqiy asoslarni qaror toptirishga, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash va rivojlantirishga taʼsir etishdan iborat. Bu sohada muzeylar, istirohat boglari, shaxar kitob savdosi birlashmasi, turli madaniyat markazlari bilan hamkorlik qiladi, turli tadbirlar (kitob koʻrgazmalari, adabiy-musiqiy uchrashuvlar, kechalar, tanlovlar, maʼruzalar) oʻtkazadi.
Ayni davrda mehribonlik uylari va b. ga xayriya yordami sifatida axrli tomonidan sovgʻa qilinadigan kitob fondi («kitob banki»)ni yigʻib bormoqda. Jamiyat qoshida «Haqiqat» munozara klubi faoliyat koʻrsatmokda.
Hamroxon Mamatraimova.