KEROSIN

KEROSIN (ing. kerosene, yun. keros – mum) — uglevodorodlar aralashmasi (S9—S|6)dan iborat suyuqlik. Tarkibida 23—60% toʻyingan alifatik, 24— 58% naften, 6—15% aromatik va 1% gacha toʻyingan uglevodorodlar bor. Qaynash t-rasi 200—300°, zichligi 790—846 kg/ m3. Neftni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. Kerosin il gari fakat yoritkich lampalariga yonilgʻi sifatida ishlatilgan. Shuning uchun uni qadimda fotogen (yunon tilida «yoruglik, bunyod etuvchi» degan maʼnoni anglatadi) deb yuritilgan. Keyinchalik u motor yogi sifatida dastlab tranzitorlar uchun, soʻngra reaktiv uchuvchi qurilmalar uchun keng qoʻllanila boshlandi.

Hoz. T-1 va T-5 rusumli aviayonilgilar neftning Kerosin fraksiyasi asosida olinadi. Suyuq raketa yonilgʻisining asosiy tarkibini ham Kerosin tashkil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x