KAPROLAKTAM — ye – aminokaprolaktam kislotaning laktami, oq rangli kristall modsa, suyuqlanish t-rasi 68—69°, qaynash t-rasi 262,5°. Suvda va organik erituvchilarda, mas, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Kaprolaktamning muhim xossasi polimerlanib qimmatbaho polimerpolikaproamid hosil qilishidir. Kaprolaktamning asosiy usullaridan biri — siklogeksanni havo kislorodi bilan katalitik oksidlab siklogeksanonga, soʻngra uni gidroksilamin bilan taʼsir ettirib siklogeksanonoksimga aylantirishga asoslangan. Soʻnggi oraliq mahsulot Bekman qayta guruhlanishi orqali Kaprolaktamga aylantiriladi. Kaprolaktam fenoldan ham sintez qilinadi. Kaprolaktam poliamid plastmassalar, plyonkalar, sunʼiy tolalar va lizinlar olishda qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Kaprolaktam Chirchiq sh. dagi z-dda ishlab chiqariladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые