KOMENSKIY

KOMENSKIY (Komensky) Yan Amos (1592.28.3, Jan. Moraviya, Nivnitse — 1670.15.11, Amsterdam) — chex gumanist-pedagogi, zamonaviy oʻqitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi qaratilgan «Chex qardoshlari» diniy uyushmasiga mansub oilada tugʻilgan. Mazkur uyushma aʼzosi sifatida taʼqibga uchrab, togʻ va oʻrmonlarda yashirinib yurishga majbur boʻlgan. Dastlabki maʼlumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608—10 y. larda lotin maktabida, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg un-tida oʻqigan. Katolik cherkov taʼqibi natijasida Polshaning Leshko sh. ga kelgan va u yerda gimnaziya tashkil etgan. 1631-y. «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi», 1632-y. «Buyuk didaktika», «Onalar maktabi» daryolik va qoʻllanmalarini yaratgan. Komenskiyning «hamma narsani bilish, hammaga bilim berish» shiori ostida yozilgan asarlari ilgʻor fikrli inglizlarda zoʻr qiziqish uygʻotgan. U lotin tili daryoligi va til oʻqitish metodikasi boʻyicha qoʻllanma yaratgan. 1650-y. Vengriyaga keldi va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1653) kitoblarini, oʻquv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan «Hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri» (1658) asarini yozdi.

Komenskiy har bir bola taʼlim olishi lozimligini uqtiradi, umumtaʼlim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini koʻzdatutadi. Komenskiy fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat boʻlib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya bilan amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik taʼsir koʻrsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligini taʼkidlaydi. Komenskiy bolalarning oʻqish yoshini ona maktabi (tugʻilgandan 6 yoshgacha), xalq, maktabi (6—12 yosh), gimnaziya (12—18 yosh), akademiya (18—24 yosh) kabi bosqichlarga boʻladi. Komenskiy ped. si mohiyati oʻqitishni bola yoshi, bilim darajasi, ruhiy holatiga uygʻun holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari «Buyuk didaktika» asarida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unda koʻrsatmalilik, onglilik, izchillik kabi didaktik tamoyillar ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Komenskiy jahon taʼlimi tarixida birinchi boʻlib taʼlimning sinf-dars tizimini ishlab chikdi, taʼlim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladigan oʻquvchilar sonini, yoshini belgiladi. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, taʼlim beriladigan vaqtni oʻquv yili, choraqlar hamda oʻqish kunlariga ajratish yoʻllarini koʻrsatdi. Taʼtillar va ularning davomiyligi, kundalik va yillik oʻquv soatlari mikdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hoz. kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas.

Ad.: Hasanov R. va b., Pedagogika tarixidan leksiyalar, T., 1991; Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R., Pedagogika tarixi, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x