KITSIMONLAR (Cetacea) – suvda yashaydigan sut emizuvchilar turkumi, 100 ga yaqin turi bor. Oʻzoq Sharq va Shim. dengizlarda 6 oilasiga mansub 21 turi uchraydi. Boʻyi 1,2 m dan (dengiz choʻchqasi) 33 m gacha (koʻk kit). K. turkumiga moʻylovli kitlar, delfinlar, kashalotlar kiradi. Toʻzilishi va hayoti suv muhitiga moslashgan. Orqa oyogʻi boʻlmaydi, oldingisi boshqaruv vazi-fasini bajaradigan koʻrakka aylangan. terisi yalangʻoch, shilimshiq modda b-n qoplangan. Dum soʻzgichlari ikki boʻlakdan iborat. Kitsimonlar nafas olish uchun suv betiga soʻzib chiqib, oʻpkasini havo bilan toʻldirib oladi. Boshi ustiga oʻrnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopilib turadigan qopqoqlar bor. Burun teshigidan suv aralash havo favvora boʻlib otilib turadi. Boʻgʻozlik davri bir yil. 1 ta bola tugʻadi. Bolasi 4—8 oy onasini emadi. 3 yoshida voyaga yetadi. Kitsimonlar 200 metrgacha chuqurlikka shoʻngʻiydi. Mollyuskalar, qisqichbaqalar va b. umurtqasiz hayvonlar, baliqlar bilan oziqlanadi. Suv ostida bir soat va undan ortiq tura oladi. Kitsimonlar tishsiz (moʻylovli) va tishli kitlar kenja turkumiga boʻlinadi. Kaspiy va Orol dengizidan tashqari barcha dengiz va okeanlarda, tropikdagi yirik daryolarda uchraydi. Kitsimonlarning iqtisodiy ahamiyati katta. Yogʻidan glitserin, margarin va sovun tayyorlashda foydalaniladi; goʻshtidan konserva tayyorlanadi,suyagidan talqon qilinadi, jigarida vitamin A koʻp boʻladi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib ketganligi sababli ovlash man etilgan. 18 turi va 1 kenja turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые