KIOTO

KIOTO — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. da, Kioto prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,46 mln. kishi (1995). Kioto 792—794-y. larda qurilgan va 1192-y. gacha Xeyan deb atalgan. 1868-y. gacha mamlakatning rasmiy poytaxti va yapon imperatorlarining qarorgohi, muhim savdo shahri boʻlgan. Kioto — transport yoʻllari tuguni. Kema qatnaydigan kanal orqali Biva koʻli bilan bogʻlangan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, madaniy, tarixiy va diniy markazi. Mashinasozlik (asosan, elektr mashinasozligi va q. x. mashinalari i. ch.) va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik (tabiiy va sunʼiy ipakdan shoyi toʻqish), tikuvchilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, oyna-keramika sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda shoyi toʻqish, chinni va bronzadan badiiy buyumlar, diniy marosim ashyolari tayyorlashning qad. markazi. Yaponlarning kad. budda ibodatxonalari, muqaddas joylar, saroylar, bogʻ koʻp. Kiotoda Yaponiyadagi 2 ta eng qad. un-t, med. akademiyasi, amaliy sanʼat oʻquv yurti, kutubxonalar, muzeylar, botaniqa bogʻi bor. Xalqaro turizm markazlaridan. Meʼmoriy yodgorliklardan Todzi ibodatxonasi (8—17-a. lar), Sayxodzi (14-a.), Tenryudzi (14-a.), Ryoandzi (15-a.) monastirlari, imperator saroyi majmuasi (1799-y. da qayta tiklangan) va b. saqlangan. Ular meʼmorlikdagi yangi yoʻnalish asosida oʻziga xos milliy uslubda, ichki bezagida yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikdan foydalanib barpo etilgan. Zamonaviy inshootlardan «Kioto kaykan» shahar madaniyat markazi, xalqaro majlislar zali va b. qurilgan. Kioto yaqinida Uidzida Feniks ibodatxonasi joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x