BUXGALTERIYA (nem. Buchhalter) 1) buxgalteriya hisobini yuritish;
2) korxona, muassasalarning moliyaviy ishlarini qayd etib borish, nazorat qilish, jumladan xodimlarga ish haqi yozish, buxgalteriya hisoboti va b. hisobotlar tuzish bilan shugʻullanuvchi maxsus boʻlimi. Odatda Buxgalteriyani bosh hisobchi (buxgalter) boshqaradi.