BUGER—LAMBERTBER QONUNI — yutuvchi modda orqali yorugʻlik oʻtganda yorugʻlikning intensivligi kamayishini ifodalaydigan qonun. B. —L. — B. q. ni 1729-y. da P. Buger topgan, 1760-y. da nemis olimi I. Lambert toʻla oʻrgangan va 1852-y. da nemis olimi A. Ber tajribada tekshirgan.