Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yurtimiz tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda. Nufuzli anjuman “O‘zbekiston 24” kanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilyapti.
Prezidentimiz Murojaatnomasida iqtidorli bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga barcha zarur sharoitlarni yaratib berish kerakligiga eʼtiborni qaratdi.
Shunda kelgusida farzandlarimiz orasidan yangi Abdulla Oripovlar, Erkin Vohidovlar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman, dedi davlatimiz rahbari.
https://saviya.uz/hayot/jarayon/shavkat-mirziyoyev-farzandlarimiz-orasidan-yangi-abdulla-oripovlar-erkin-vohidovlar-yetishib-chiqadi/