Sobir Oʻnar (1964)

Sobir Oʻnar 1964 yilning 25 fevralida Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1981–1986).

“Yoshlik” jurnalida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir vazifalarida ishladi (1986–2015). 2015 yildan “Kuch adolatda” gazetasida masʼul kotib lavozimida xizmat qiladi.

Dastlabki hikoyalari hali talabalik davridayoq Respublikaning turli gazeta-jurnallarida bosilib chiqdi. “Orzuga toʻla qishloq” nomli ilk kitobi 1989 yilda nashr qilindi. Shundan soʻng “Ovloq adirlar bagʻrida” (1990), “Chashma” (1991) kitoblari dunyo yuzini koʻrdi.

Keyingi yillarda u “Inqilob kechasi”, “Dunyo shundoq tururmi?” kabi qissalar eʼlon qildi. 2006 yilda “Chambilbelning oydalasi”, 2011 yilda “Bibisora” qissa va hikoyalar toʻplamlari chop etildi.

Sobir Oʻnar tarjimon sifatida turk, rus, Lotin Amerikasi adiblari ijodidan namunalarni ona tilimizga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham bir qator qissa va hikoyalari koreys, qozoq, rus va ingliz tillariga tarjima qilindi.

Sobir Oʻnar publitsist sifatida qariyb oʻttiz yildan buyon markaziy gazeta va jurnallarda oʻz maqola va esselari bilan qatnashib keladi. Uning “Koʻngildagi buzilish” (maqolalar toʻplami, hammualliflikda, 1999), “Odamlar orasida” (maqola, suhbat va hangomalar) toʻplamlari nashr etildi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/sobir-onar-1964/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x