GUMIN KISLOTALAR

GUMIN KISLOTALAR (lot. humus – yer, tuproq) — tabiiy mahsulotlar (torf, qoʻngʻir koʻmir, toshkoʻmir va b.) dan ishqorlarning suvdagi eritmasi yordamida ajratib olinadigan organik moddalar; tabiatda oʻsimlik qoldiqlaridan yoki toshkoʻmir va b. organik mahsulotlarning oksidlanishi natijasida hosil boʻladi. Torf xiliga, shuningdek, uning chirishi darajasiga qarab Gumin kislotalar xar xil miqdorda uchraydi.

Choʻkmay, eritmada qolgan organik moddalar fulvokislotal ar deb ataladi. Choʻkkan Gumin kislotalardan spirtda eriydigan gimatomelan kislotalar hamda erimaydigan qoldiqgumus kislotalar ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishiga koʻra G. k. yuqori molekulyar (mol. m. 1300—1500) kondensirlangan aromatik birikmalar boʻlib, ularda fenol gidroksillari, karboksil, karbonil va atsetoguruhlar, oddiy efir bogʻlari va b. borligi aniqlangan. Elementar tarkibi: 50—70% S, 4-6% N, 25-35% O.

Gumin kislotalar neft va gaz qavzalarini kazishda yuvuvchi suyuqliklar komponenti, akkumulyatorlar tayyorlashda kislotabardosh toʻldirgichlar, tuproq tuzilishini yaxshilashda, oʻsimliklarning oʻsishini tezlashtiruvchi modda, organik-mineral oʻgʻitlar va q. x. hayvonlarining teri kasalliklarini davolashda antiseptik modda sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x