BODOMIY

BODOMIY — serhosil, jaydari oʻrik navi, mevasi bodomga oʻxshaydi. Daraxtining bal. 10—15 m, shoxshabbasi keng. Koʻchati oʻtqazilgach, 4—5yili hosil beradi. 60—80 yil, hatto undan ham koʻproq yashaydi. Mevasi oʻrtacha (28—30 g), choʻziqroq, sariqqizil, tekis, yaltiroq. Eti sariq, mazali, danagidan yaxshi ajraladi, magʻzi shirin. Iyulning birinchi yarmida pishadi. Tupidan 20—25 yoshida 200 kg gacha hosil beradi. Quritilganda 21—22% bargak tushadi. Sovuqqa chidamli. Sugʻoriladigan unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Fargʻona vodiysida keng tarqalgan (q. Oʻrik).,

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x