“Oʻylasam, mahbubima olamda jonon oʻxshamas”

HAZINIY gʻazallaridan

 

Jahoni bevafodin oxiri bir kun ketar bordur,

Bu dunyo bir rabot, har kim qoʻnub bir-bir oʻtar bordur.

 

Ishonma bogʻu rogʻing, molu mulku taxtu baxtingga,

Quyoshdin ibrat olgʻil, turmaypn oxir botar bordur.

 

Agar ming yil umr koʻrsang, jahongʻa podsho boʻlsang,

Boʻlub xoki mazallat, goʻr arosida yotar bordur.

 

Ibodat aylagʻil tangrigʻa doim, uxlamay tunlar,

Imoningni salomat eltgali necha xatar bordur.

 

Yigitlik davrini surgil, qarib toat qilursan deb,

Savobinggʻa xudo muhtoj emas, deb oʻrgatar bordur.

 

Haziniy, bandalikda, bas yurursan bexabar, gʻofil,

“Kiroman kotibayn”kim, xayru sharringni bitar bordur.

 

* * *

 

Istasa har kim xudoni, koʻngli vayrondin topar,

Tun saharlarda va yo ul chashmi giryondin topar.

 

Layli Majnundin xabar olmoqni qilsa muddao,

Oshiqi sargashtani oh ila afgʻondin topar.

 

Ketti Baytullogʻa Adham taxtu baxtidin kechib,

Jomayi pashminasin sahroda choʻpondin topar.

 

Yusufim deb yigʻlar erdi, baytul-ahzonda mudom,

Yaʼqub oʻgʻlini soʻrab gar Misri sultondin topar.

 

Oqilu donoda yoʻqtur zarracha ayshu huzur,

Bu jahon nashʼu namosin soʻrsa, nodondin topar.

 

Suhbati Hizri nabini qilsa har kim orzu,

Misli ul Muso Kalimdek obi hayvondin topar.

 

Yor vasli quflini gar istasa miftohini,

Justujoʻ qilsa kishi, albatta hijrondin topar.

 

Misli ul Vaysul-Qaran choʻllarda tutmishman vatan,

Istasa har kim Haziniyni registondin topar.

 

* * *

 

Sano aytib xudogʻa andalib soʻyi chaman yigʻlar,

Qayerda joyi maxfiy boʻlsa, ul aylab vatan yigʻlar.

 

Judo boʻlsa kishikim Yusufidin piri Kanʼondek,

Firoq oʻtigʻa oʻrtab, sokini baytul-hazan yigʻlar.

 

Jahondin ketti Yahyo giryadin toʻxtatmayin koʻzni,

Biyobonda misoli haqni deb, Vaysul-Qaran yigʻlar.

 

Rizo boʻlsa oʻshal Ayyubi sobirdek balosiga,

Ado aylab vujudin kirmga, majruh badan yigʻlar.

 

Ki “Va-l yabku kasiran” maʼnisini oʻylagan odam

Hayoti ichra kulmay, barchadin tarki vatan yigʻlar.

 

Yaratgan xoliqidin oʻzgasini suymasa har kim,

Xudodin harna kelsa, misli ul dashti mihan yigʻlar.

 

Tiriklikda, Haziniy, har kishi fikrini qilmabdur,

Agar oʻlsa, ani holigʻa goʻr ichra kafan yigʻlar.

 

* * *

 

Necha donolarni nodon ayladi ishqi majoz,

Yorni koʻyida sarson ayladi ishqi majoz.

 

Har kishi Majnun boʻlub, Laylini gar qilsa talab,

Maskanin dashtu biyobon ayladi ishqi majoz.

 

Tesha urdi Qoʻhkan Shirinni hajrida mudom,

Vaʼdayi vaslida bejon ayladi ishqi majoz.

 

Tohiri gʻurbatkashida oʻldi Zuhro koʻyida,

Yori ruxsorin qizil qon ayladi ishqi majoz.

 

Shayxi Sanʼondek dilini boʻynigʻa zunnor osib,

Hukmi tarsobacha xukbon ayladi ishqi majoz.

 

Yusufim deb yigʻlatib Yaʼqubni qirq yilgʻacha,

Manzilini baytul-ahgon ayladi ishqi majoz.

 

Hosil etmasdin Zulayho matlabin jononidin,

Oxiri zindoni boʻhton ayladi ishqi majoz.

 

Ey Haziniy, mavlaviy Jomiy bilan Hamdamni koʻr,

Ul Xusayn Mirzoni tugʻyon ayladi ishqi majoz.

 

* * *

 

Gunahga tavba aylab, emdi toat qilmasam boʻlmas,

Xatoyu maʼsiyatlarga nadomat qilmasam boʻlmas.

 

Abas oʻtti yigitlik, sad darigʻo, bexabarlikda,

Gʻanimatdur, tiriklikda ibodat qilmasam boʻlmas.

 

Na yuz birla borurmiz tuhfasiz haq qoshigʻa fardo,

Hayotim boricha emdi, ibodat qilmasam boʻlmas.

 

Sulukim – Qodiriya, rahbarimdur piri pironim,

Saharlar zikri ollohuni odat qilmasam boʻlmas.

 

Yurub nafsim uchun shul vaqtqacha, toatni tark ettim,

Qanoat shahrigʻa borib, tijorat dilmasam boʻlmas.

 

fujuru fisqu isyonim xaloyiqlar aro shuhrat,

Madina, Makkatulloni ziyorat qilmasam boʻlmas.

 

Egosiz it kabi umrum oʻtubdur darbadarlikda,

Haziniy ixtiyori emdi, hijrat qilmayeam boʻlmas.

 

* * *

 

Kimda dard yoʻqtur, biling, hargiz davoni istamas,

Koʻrsa Luqmonni agar, andin shifoni istamas.

 

Tushsa har kimni diligʻa zarraye ishq oʻtidin,

Tark eta-r hoyu havas, gʻayr az xudoni istamas.

 

Haq rasulning payravida boʻlmasa, ummat demang,

Roʻzi mahsharda shafoat Mustafoni istamas.

 

Adligʻa zabt ayladi vaqti xalofatda Umar,

“Jomiʼ al-Qurʼon” oʻshal koni hayoni istamas.

 

Ul Alisheri xudo Duldulsuvori lofato,

Shahsuvori arsayi Xaybarkushoni istamas.

 

Haq kanizn erdilar, Zahro oʻshal oliynasab,

Mustafoni qizlari Xayrunnisoni istamas.

 

Bul Haziniy koʻnglida ixlosi ul mayxonadin,

Doʻzax oʻtigʻa ushandogʻ mubtaloni istamas.

 

* * *

 

Oʻylasam, mahbubima olamda jonon oʻxshamas,

Jannat ichra huru gʻulmon, balki rizvon oʻxshamas.

 

Bir ajab maʼshuqaye monandi yoʻqtur, benazir,

Ehtimoli bor, Yusufdin boʻlak jon oʻxshamas.

 

Ul zamonlar chashmi Majnun birla koʻrmas Laylini,

Zarra tushsa ishq, koʻz yoshigʻa boron oʻxshamas.

 

Har nechuk dardu alamdin yor savdosi muhol,

Marhami yorin visoli, boshqa darmon oʻxshamas.

 

Musiqiy minqori qumri, andalib savtin netay,

Nola qilsa nagʻmayi Dovudi xushvon oʻxshamas.

 

Naylaram, dardu alam tortmoqdin oʻzga chora yoʻq,

To Haziniy, topmasam vasfini, devon oʻxshamas.

 

* * *

 

Qayu jonlik jahongʻa kelsa, oxir oʻlmayin qolmas,

Tiriklikda xaloyiq bir-biri qadrini bilmas.

 

Ajab motamsaro dunyo erur, poyoni yuq, bilsam

Ki, san dunyogʻa magʻrur oʻlmagʻil, hargiz vafo qilmas.

 

Ayogʻing ostigʻa boqgʻil, hamma yer ichra pinhondur,

Manam shundek boʻlurman, deb sani parvoyinga kelmas.

 

Lahad ichra yotursan, yozu qish oʻtgonini bilmay,

Ugʻul-qyz, yoru doʻsting bir kelib sandin xabar olmas.

 

San oʻlgan soʻng hama farzandlaring molingni olgʻaylar,

Sani holing nechuk kechgay qaro yerda, bular bilmas.

 

Ulum yoshu qari, shohu gadolargʻa barobardur,

Biling, jon olgʻuchi elni nazarga zarracha ilmas.

 

Bu besh kunlik umrgʻa joyu manzil ham kerakmasdur,

Ulumni oʻylagan odam bu dunyoga nazar solmas.

 

Jahannam otashini, goʻr azobin oʻylagan odam

Sirotul-mustaqimdin oʻtmaguncha yigʻlagay, kulmas.

 

Haziniy, oxiratga har kishi imon bilan borsa,

Ushal yerda ani san anglagil, oʻlgan bila oʻlmas.

 

* * *

 

Bu oʻgar dunyoga, doʻstlar, bogʻu boʻstoning gʻalat,

Barchani tashlab ketarsan, koʻshku ayvoning gʻalat.

 

Har kishi dunyogʻa keldi, oxiri bir kun ketar,

Toat etmay doimo behuda yurgoning gʻalat.

 

Uylagilkim, kettilar deb jumlai xeshu tabor,

Bir kuni san ham ketarsan, munda turgoning gʻalat.

 

Anglagil, shohu gadolarga barobardur oʻlum,

Qil safar asbobini, behuda yurgoningʻ gʻalat.

 

Toʻsha olmasdin borur boʻlsang xudoni oldigʻa,

Tuhfa kelturdingmu, deb soʻrgonda armoning gʻalat.

 

Ey Haziniy, bu nasihatga kishi solsa quloq,

Muddaiylar sanga aytur, harna aygʻoning gʻalat.

 

* * *

 

Qoʻydi ham koʻksum aro yuz ming jafolarni firoq,

Ajratib bizdin yana koʻp oshnolarni firoq.

 

Vodarigʻo, hasrato, ketti hama ahboblar,

Ham judo etti yana xesh-aqrabolarni firoq.

 

Lof urub, olam – mani mulkum, degan shahlar qani?

Qoʻymagay oxir, biling, shohu gadolarni firoq.

 

Dardigʻa topmay davo, ketti Falotundek hakim,

Oldi yer qoʻynngʻa koʻp aqli rasolarni firoq.

 

Ahmadi Muxtor kettilar jahondin, doʻstlar,

Yuz yigirma toʻrt ming ham avliyolarni firoq.

 

Shoh boʻl, xohi gado, dunyo vafo qilmas sango,

Barchamizni qoʻymagʻay ham rahnamolarni firoq.

 

Ey yoronlar, bilsangiz, dunyo erur qoʻhna rabot,

Xotun, erkak qoʻymagay ham yosh balolarni firoq.

 

Xonaqoda oʻlturub zikr aylagan shayxlar qani?

Jonini oldi, biling, koʻp avliyolarni firoq.

 

Naqdi umringni dilingga olgucha toatda boʻl,

Ey Haziniy, aytasan zikru sanolarnn firoq.

 

* * *

 

Baytul-ahzonim sori Yusuf kabi zebocha kel,

Sabzalarnn yashnatib, gulzor aro raʼnocha kel.

 

Misli Majnundek biyobonlarda yursam oh urub,

Holi zorimni koʻrub, lutf aylabon Laylocha kel.

 

Ostoning yostonib yotsam, oʻshal Vomiq kabi,

Chun tagʻoful aylamay, har damda bir Uzrocha kel.

 

Ham chunon Farhod kabi togʻlarni kezsam necha yil,

Misli Shirin qoʻlida bir xanjari burrocha kel.

 

Ehtiyot aylab oʻzing, el koʻzidin pnnhon qilib,

Bilmasun ul shum raqiblar, qilmayin ifshocha kel.

 

Xoh qishloq, xoh shaharda, mayli, yursang toʻffilik,

Kechasi kokul solib, bazm aylashib, durrocha kel.

 

* * *

 

Qomatingni koʻrsatib, yor etdingu rahm etmading,

Man gʻaribga suhbating bor etdingu rahm etmading.

 

Vaʼdalar aylab deding, doim sango aylay vafo,

Ahdu paymon sindurub, xor etdingu rahm etmading.

 

Dildagi hasratlarimni aytmoqa hamdard yoʻq,

Manga muncha jabr ila kor etdingu rahm etmading.

 

Ibtidoiy koʻrganimda iltifot etmay, yana

Chulgʻamoqgʻa ankabut, tor etdingu rahm etmading.

 

Necha muddat oshnolikni bajo aylab, yana

Emdilikda na sabab? Zor etdingu rahm etmading.

 

Dor aylab Mansuri Xallojdek osturmoqa,

Bu judolik rishtasin, dor etdingu rahm etmading.

 

Nuqtadonlar toki bilsun deb Haznniy hasratin,

Ahli donish maskanin, tor etdingu rahm etmading.

 

* * *

 

Tovus kabi mahvash, mastona xiromon qil,

Raftoring aro jilvang et, barchani hayron qil.

 

Vaslingni umidida yursun hama qon yigʻlab,

Har vaʼdaye vaslinga furqat ila hijron qil.

 

Xavf ila farogʻat yoʻq, oʻylab, oʻyima yetmay,

Arzimni bayoni aylay, bu mushkilim oson qil.

 

Ul qaddi nihol uzra zebo iki noringdin

Kim, oning talabgori, jononinga ehson qil.

 

Noz ila tagʻofulni tark et, bu Haziniygʻa,

Bir kecha visolingga, ho, bir, uka, mehmon qil.

 

* * *

 

Xalildek otashi Namrudga kirsam, oʻlsa gulzorim,

Himoyat anlagay xoliq, oʻzi boʻlsa xaridorim.

 

Chiqibon kuhi Turga, “rabbano” deb man sado qilsam,

Nidoyi “lantaro”nikim mango yetkur Sattorim.

 

Boshimgʻa arra qoʻysa. Zikriyoni zikrini aytsam,

Xudogʻa maʼqul oʻlgʻaymu mani bu feʼlu atvorim.

 

Ushal Yahyo kabi choʻllar aro ohu navo qilsam,

Egamni dargahiga manzur oʻlgʻaymu mani zorim?

 

Vujudimgʻa tushub qurtlar oʻshal Ayyubi sobirdek,

Qazosigʻa rizo boʻlsam, mango rahm etsa Gʻafforim.

 

Kechibon taxtu baxtimdin oʻshal Ibrohim Adhamdek,

Chaqirgaymu gadolikka qiyomat kun talabgorim?

 

Firoqi Layli birlan yigʻlasam monandi Majnundek,

Kelib holimni soʻrganmu oʻshal kun joduvash yorim?

 

Iloho, Mustafoni hurmatidin kech gunohimni,

Haziniy osiyman, avf et, xatoga ketsa guftorim.

 

* * *

 

Mani majnun hamisha yor uchun xunobalar yuttum,

Boʻlub ovoralar, dildor uchun xunobalar yuttum.

 

Firoqida oʻtub umrum, muyassar boʻlmadi aslo,

Hama mehnatlarim bekor uchun xunobalar yuttum.

 

Boʻlub Majnunga monand, dashtu sahroda chekib gʻurbat,

Visoli Layligʻa man zor uchun xunobalar yuttum.

 

Qalam yozgan ekan, roʻzi azalda manga kulfatni

Ki taqdiri azalda, yor uchun xunobalar yuttum.

 

Mashomimgʻa yetushmas boʻyi rohat, turfa hayronman

Ilojin topmayin, hayron uchun xunobalar yuttum.

 

Bu olamgʻa kelib, bir lahza xurram boʻlmadi koʻnglum,

Falakni kulfati bisyor uchun xunobalar yuttum.

 

Gʻamu hasratlarimni fosh etay deb, ey birodarlar,

Haziniy, bir necha ashʼor uchun xunobalar yuttum.

 

* * *

 

Xonqizu Chimyonda holo Toji birla Tojixon,

Balki olam nchra tanho Toji birla Tojixon.

 

Ul Qarovultepalik, Honqnz holo maskani,

Joʻra ul qoʻzigʻa uko, Toji birla Tojixon.

 

Lablari laʼli Badaxshon, tishlari durri Adan,

Xushtakallumlikda goʻyo Toji birla Tojixon.

 

Qudrati bilan musavvir, ulki chekmish suvratin,

Dilrabolar ichra barno Toji birla Tojixon.

 

Bir ajab mahbubaye, maʼshuqalardin benazir,

Boʻlmagʻay yor munch”a zebo, Toji birla Tojixon.

 

Koʻrsa zohidlar agar, taqvo yaqosin chok etib,

Solgusi boshiga savdo Toji birla Tojixon.

 

Qoshlarin koʻrgan kishi aylar gumon yangi hilol,

Ohubarra, chashmi shahlo Toji birla Tojixon.

 

Iqlimi Fargʻona Zuhrodin toparmish tarbiyat,

Bul sabab hamtosi Zuhro, Toji birla Tojixon.

 

Ota birlan onasi kim, qayda desa joyingiz,

Boʻlisi Oqilgʻa fuqro Toji. birla Tojixon.

 

Dilrabolar suhbatin toptum, aduvsiz topmadim,

Bul Hazinni qildi shaydo Toji birla Tojixon.

 

* * *

 

Qadrimga yetmas bir necha nodon,

Aylar jafolar bizlarga chandon.

 

Vola boʻlubman guldek yuziga,

Misoli bulbul qilurman afgʻon.

 

Lozim emasmu bizlarga shafqat,

Arzimni aytay, yorimni koʻrgon.

 

Dodimga yetsun ul shoʻxi zolim,

Boshigʻa tushsun, gar boʻlsa oson.

 

O. him tutuni olamni tutgay,

Gar kelsa rahming, chiqmay turub jon.

 

Shod aylagaymu suygan qulini?

Boʻlgay raqiblar yer birla yakson.

 

Xam boʻldi qaddnm hasrat yukidin,

Bir yoʻqlamaydur kulfatga solgon.

 

El ichra boʻldum majnuni behud,

Kuydurgay ohim dashtu biyobon.

 

Nodonligʻimdin domigʻa tushtum,

Haziniy yangligʻ bormu adashgon.

 

* * *

 

Jahonda man kabi doʻstlar, zalilu xor boʻlgʻaymu,

Bu gʻam girdobida mandek dili afgor boʻlgʻaymu.

 

Davom hasrat aro qolgan, yana har kechayu kunduz,

Bu olam ichra mandek koʻzlari xunbor boʻlgʻaymu.

 

Man emdi qaysi bir dardimni elga aylayin izhor,

Tuganmas dardga qolgan bir maningdek zor boʻlgʻaymu,

 

Chunon gʻambodadurman, bir dam oromu qarorim yoʻq,

Bu koʻngul ovlagudek bir dili xushyor boʻlgʻaymu.

 

Falak boshimga soldi yuz tuman jabru jafolarni,

Qani, shul vaqtlarda sohibi asror boʻlgʻaymu.

 

Dilim boʻldi xarob, har lahza gʻam ham iztiroblardin,

Yurogim gʻilu gʻashdin yoʻq qilurga yor boʻlgaymu.

 

Agar yodimga tushsakim, boʻlurman misli Majnundek

Ki, bir Layli gʻamida man kabi bir xor boʻlgʻaymu.

 

Qilurman tun-saharlar toʻti yangligʻ ohu afgʻonlar,

Yuzum chun zaʼfaron yangligʻ hamisha zor boʻlgʻaymu.

 

Xudovando, Haziniynnng gunohin magʻfirat aylab

Ki, doxil jannati “in tahtah al-anhor” boʻlgʻaymu.

 

Siz ani odam demang, koʻnglida himmat boʻlmasa,

Balki imoni xatarlik, anda gʻayrat boʻlmasa.

 

Kimki. kohildur, biling, hamdu sanoda xordur,

Moʻmini sodiq emas ul, tanda jurʼat boʻlmasa.

 

Qoni boʻlsa qatra nayson gar, sadaf durr boʻlgʻusi,

Badnihode qolgusi, anda qanoat boʻlmasa.

 

Hotami Toy kofir erdi, kuymadi doʻzaxda, bil,

Kuydurur erdi egam, anda saxovat boʻlmasa?

 

Foniy dunyodin lahadga dastxoli bormagil,

Na qilur xoliq sani, tuhfang ibodat boʻlmasa?

Jon berar vaqtida shaytondin oʻzing qil ehtyyot,

Bandalik noming gʻalat, imon salomat boʻlmasa?

 

Xalq aro rasvo boʻlubman deb, Haziniy, gʻam yema,

Yetmagay hech kim salomatga, malomat boʻlmasa?

 

* * *

 

Hijron oʻtigʻa bagʻrim soʻzona tong otquncha,

Urtab yuragim, jismim biryona tong otquncha.

 

Man Vomiq-u Uzro – san, vaslingga yetolmasdin

Har kecha qarorgohim ostona tong otquncha.

 

Rahm ayla bu holimgʻa, ey koʻzlari xumorim,

Hajringda bu koʻngullar vayrona tong otquncha,

 

Hech kimgʻa deyolmasman bu arz ila holimni,

Qongʻa jigarim toʻldi giryona tong otquncha.

 

Xilvatda agar koʻrsam, sirrpmni bayon aylab,

San birla boʻlay anda hamxona tong otquncha.

 

Axshomda jamolingni shamʼini munavvar qil,

Aytay sanga holimni, parvona tong otquncha.

 

Naylayki, ilojim yoʻq, har koʻchada yigʻlarman,

Tor oʻldi Haziniygʻa Fargʻona tong otquncha.

 

* * *

 

Ey banda, xudo yoʻlida toatni unutma,

Roʻzu shabu har lahza, ibodatni unutma.

 

Jon boricha izlab, tunu kun haqni rizosin,

Albatta, birodar, bu nasihatni unutma.

 

Bu foniy jahon ayshigʻa magʻrur boʻlubsan,

Diydori xudo birla u jannatni unutma.

 

Ming yil yashasang, oxiri bir kun oʻladursan,

Oxir boʻlasan, xoki mazallatdga unutma.

 

Hech kimgʻa vafo qilmadi, dunyoni bilursan,

Sango keladurgon u kun, navbatni unutma.

 

Ey odamiyzod, aslingu nasling sani tufroq,

Yalgʻuz yotar birla qiyomatni unutma.

 

Shukr ayla, Haziniy, sani olamgʻa kelturdi,

Inʼomi xudo, rizq ila neʼmatni unutma.

 

* * *

 

Umidim shul qiyomatda, shafoat osiy ummatga,

Ushal roʻzi alomatda, shafoat osiy ummatga.

 

Lahaddin bosh koʻtargay, avvalinu oxirin ul kun,

Turar barcha nadomatda, shafoat osiy ummatga.

 

Hama goʻr boshida yigʻlab, kafan boʻynida oʻlturgay,

Oshib vahmi nihoyatda, shafoat osiy ummatga.

 

Maloik odam oʻgʻlini soʻrar sahroyi mahsharga,

Turarlar anda hasratda, shafoat osiy ummatga.

 

Tarozugʻa solib aʼmolimizni, anda koʻrsatgay,

Qolib vahmu xijolatda, shafoat osiy ummatga.

 

Xudo qozi boʻlub, soʻrsaki bizdin neku badlikni,

Turub taxti adolatda, shafoat osiy ummatga.

 

Haziniy, shukr qilsa har kishi, Ahmadga ummatdur,

Jahim ahli shaqovatda, shafoat osiy ummatga.

 

* * *

 

Xudoni yodi birla yigʻlagil shomu saharlarda,

Yaqongni chok etib, san yigʻlagil shomu saharlarda.

 

Figʻon aylab, gunohing vahmidin qoʻrqub, nadomat qil,

Alam oʻtigʻa bagʻring dogʻlagil shomu saharlarda.

 

Ayo tolib, oʻzingni tashlagil haqni rizosigʻa,

Riyozat poʻtasini bogʻlagil shomu saharlarda.

 

Ayo, ey bexabar odam, oʻlumni yod qshshassan,

Ketib xeshu taboring, oʻylagil shomu saharlarda.

 

Sirot ul-mustaqim otligʻ yoʻlungda bir xatar bordur,

Utarni, ey birodar, koʻzlagil shomu saharlarda.

 

Jahannamni azobidin oʻzingni qutqaray desang,

Tilingni maʼsiyatdin saqlagil shomu saharlarda.

 

Iki olam murodigʻa yetay deb orzu qilsang,

Haziniy, rohi Bagʻdod koʻzlagil shomu saharlarda.

 

* * *

 

Misli Majnui Laylidek devona boʻlsam koshki,

Yer uchun olam aro afsona boʻlsam koshki.

 

Dayr aro piri mugʻon, man telbaga sunsa sharob,

Bodanoʻshini, sokini mayxona boʻlsam koshki.

 

Jomi vahdatda muhabbat sharbatidin noʻsh etib,

Mast oʻlub. idrokdin begona boʻlsam koshki.

 

Shibliydek raqs aylasam har koʻchayu bozor aro,

Ishq oʻtigʻa oʻrtanib biryona boʻlsam koshki.

 

Mulku ashyodin kechib ketsam, yoronlar, benishon,

El koʻzidin bir yoʻli pinhona boʻlsam koshki.

 

Zarracha qilsa tajalli, tangri diydorin koʻroʻb,

Toqat etmay Turdek soʻzona boʻlsam koshki.

 

Kimki daryoyi muhabbatgʻa choʻmar, gʻavvosdur,

Man, Haziniy tolibi durdona boʻlsam koshki.

 

* * *

 

Ul shoʻxi sitamgarlar hajrida ado qildi,

Hasrat yukini ortti. qaddimni duto qildi.

 

Mugʻbacha sharobidin bir kosa toʻlo ichtnm,

Avvalda qilib bexud, aqlimni koʻto qildi.

 

Shibliyni koʻring, doʻstlar, noʻsh etti sharobidin,

Boshi qizishib, ul dam raqs ila simo qildi.

 

May ichsalar oshiqlar, zohid qiladur taʼna,

Mansur kabi orifgʻa yuz javru jafo qildi.

 

Ishq lashkari qasd etsa, holingni xarob aylar,

Adham kabi shahlarni oxirda gado qildi.

 

Ut ayla vujudingni ishqida samandardek,

Shamʼ mavjigʻa parvona jonini fido qildi.

 

Rahm etmadi Yusufgʻa, Kanʼonda nabi erdi,

Baytul-hazan etmoqgʻa Yusufni judo qildi.

 

Ilmingga havo qilma, toatga bino qoʻyma,

Koʻrdingmu takabburni, Shaytonni sivo qildi.

 

Bir boqishi-la mahvash, qalbimgʻa nazar soldi,

Sayqal beribon dilni, koʻnglumni safo qildi.

 

Botinda oʻlub erdim, zohirda tirik ammo,

Iso kelibon, Qum deb, haqqimgʻa duo qildi.

 

Dilxasta Haziniy, san har damda figʻon etma,

Boshingga bu savdoni albatta Xudo qildi.

 

* * *

 

Vafo qilmas jahon bizgaki, ul odam ato oʻtti,

Koʻring, ikki jahonni sarvari ul Mustafo oʻtti.

 

Kecha-kunduz rasulullohni oldidin judo boʻlmas

Abu Bakru Umar, Uomon, Aliyi Murtazo oʻtti.

 

Ulum changolidin oxir qutulmas jonu jonvarlar,

Nechukkim, ul Hasan birlan Husayni Karbalo oʻtti.

 

Jahondin anbiyoyu avliyo yigʻlab kecha-kunduz,

Uturmiz, deb oʻlumni vahmi birlan mubtalo oʻtti,

 

Ulumni dastidin, doʻstlar, yurak-bagʻrim kabob oʻldi,

Nechukkim, keldi navbat bizga, ul ota-ano oʻtti.

 

Koʻring, bu “ntizoru xastadil aylab Haziniyni,

Yurub der darbadar doimki, umri bebaho oʻtti.

 

* * *

 

Siza jon fido, yo hayot ai-nabiy,

Qilay man gado, yo hayot an-nabiy.

 

Otingiz – Muhammad, rasuli xudo

Ki, siz Mustafo, yo hayot an-nabiy.

 

Ki, xayrul-bashar, sayyid al-mursalin,

Risolatpano, yo hayot an-nabiy.

 

Mani osiyni yetkurur ravzaga

Qachon ul xudo, yo hayot an-nabiy?

 

Tavof aylasam xonayi Kaʼbani,

Budur muddao, yo hayot an-nabiy.

 

Qolay “Jannatul-Baqya” xokida man

Ki, yetsa qazo, yo hayot an-nabiy.

 

Hama ummatingiz umid aylashur

Ki, roʻzi jazo, yo hayot an-nabiy.

 

Haziniy duosi boʻlurmu qabul,

Bu gʻarqi guno, yo hayot an-nabiy?!

https://saviya.uz/ijod/nazm/oylasam-mahbubima-olamda-jonon-oxshamas/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x