Xulq

Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad koʻz ila bor narsalarni koʻrur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon boʻladur.

Jasadning surati hammaga maʼlum bir narsadurki, har vaqt koʻzga koʻrinib turadur. Ammo nafsning surati koʻzga koʻrinmaydurgan, aql ila oʻlchanadurgan bir narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub tarbiyasiz, axloqsiz boʻlib oʻsdimi, “Allohu akbar” bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qoʻl uzatmak kabidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz:

“Bir togʻning oʻrnidan koʻchib ketganini eshitsangiz, ishoningiz, ammo bir odamning xulqi boshqa boʻldi deb eshitsangiz ishonmangiz”, – demishlar.

 

Xulqi yomon yuz, koʻzlidin na sud

Yuz, koʻzli xulqni qilmas kashud.

Xulq mariziga davo istasang,

Marg davosin berilur qistasang.

Xulqi yomoning keturar koʻp zarar,

Xulqing oʻzi boshingga kaltak urar.

Xulqi fano boʻlsa degil alhazar,

Xor-u zalillikda qolur darbadar.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

https://saviya.uz/ijod/nasr/xulq/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x