Fikr tarbiyasi eng kerakli, koʻp zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, gʻayratli boʻlishiga sabab boʻladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga soʻng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bogʻlidur. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor boʻlsa ham, ikkisi bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi birig boylangan jon ila tan kabidur.
Masalan: joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida oʻtirmak mumkin oʻlmadigʻi kabi, ichiga har xil yangi ashyolar toʻldurub ziynatlangan eski imorat ham oʻlturushga yaramaydur. Basharti oʻltursa, insonlar: “Eski uyga yangi zoldivor”, “kir koʻylakka jun jiyak”, “mis qozonga loy tuvoq” deb hajv, kulgi qilurlar.
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosdan boʻlur oʻtkur.
Fikrning oyinasi olursa zang,
Ruhi ravshan zamir oʻlur benur.
Abdulla AVLONIY
“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan
https://saviya.uz/ijod/nasr/fikr-tarbiyasi/