Qanoat

Qanoat deb janobi Haq tarafidan ihson boʻlgan ahvolga yetishdigʻimiz neʼmat va molga shukr, boshimizga kelgan faqr, musibat, falokatlarga chidab, sabr qilmoqni aytilur. Qanoat hasad, tama, hirs, xorlik kabi illatlarning davosi, nafsimizning gʻinosidur.

Qanoat bir xazinadurki, naqdinasi kundan-kun ortar. Bu xazinaga ega boʻlgan kishilar umrlarini shavq va rohatda kechirurlar. Buning ila barobar qanoatsizlikdan paydo boʻladurgan hasad degan jonning eng zoʻr dushmanidan qutulurlar. Chin insonlar kishining molina, mulkina, saodatina, maishatina hasad qilmas, qanoatdan ayrilmas, umrini rohatda oʻtkarur. Inson har bir ishga kuchi yetguncha cholishmoq, janobi Haq taqdirdagi narsasidan nimani bersa, shunga qanoat qilmoq lozimdur.

Zeroki, inson oʻz maishatini, nomusini saqlamoq uchun fidoyi jon darajasiga borguncha saʼy qilmoqgʻa buyurilmishdur, lekin bu saʼyning mashruyi har bir ishda qanoatni qoʻldan bermaslikdur. Olamda qanoat kabi dilni poklaydurgan narsa yoʻqdur. Janobi Haqning amriga itoat qanday saodat esa, taqdiriga qanoat ziyoda baxtiyorlikdur.

Hazrati Ali afandimiz: “Dunyoda saʼy-jadali ila maishat oʻtkargan qanoat egasi hech kimgʻa muhtoj boʻlmagan zoʻr boylar kabi rohatda, saodatda yashar”, – demishlar.

Aflotun hakim: “Insonning saodati qanoatini qoʻlda tutmakda, sarvat va maishat toʻgʻrisida janobi Haqning taqdiriga rozi boʻlmakdadur”, – demishlar.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

https://saviya.uz/ijod/nasr/qanoat-3/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x