BALIQ, baligʻ — qad. turkiy tilda «shahar» degan soʻz. Turkiy runik yozuvlarda, «Devonu lugʻotit turk»da qayd qilingan; eski joy nomlari tarkibida koʻp uchraydi: Beshbaliq (Sharqiy Turkiston), Xonbaliq (Pekin sh. ning qad. turkiy nomi), Oʻrdubaliq va b.