“Mahzun koʻngulni qaygʻudin ozod qilmading”

BAYRAMXON gʻazallaridan

 

* * *

 

Yetmasun osebi tab sarvi xiromonim sanga,
Esmasun bodi xazon gulbargi xandonim sanga.

 

Boshingga evrulsa joni notavonim ne ajab,

Chun tilaydur sadqa boʻlmoq notavon jonim sanga.

 

Yoʻqturur, billah, maloling eshiturga toqatim,
Yetmasun nogah malolangiz afgʻonim sanga.

 

To seni betob eshittim bas parishon holmen,
Vahki, zohir boʻlmadi holi parishonim sanga.

 

Har jafo boʻlsa meni betobgʻa boʻlsun nasib,’
Yoʻqturur tobi jafo xurshidi tobonim sanga.

 

Lablaring vasfida Bayram sheʼridur obi hayot,
Sihhati bersun ilohi obi hayvonim sanga.

 

* * *

 

Figʻonki, yor manga yor boʻlmadi hargiz,
Anisi xotiri afgor boʻlmadi hargiz.

 

Kichik yoshida giriftorlar gʻamin ne bilur
Ki, hech gʻamgʻa giriftor boʻlmadi hargiz.

 

Ne ayb forigʻ agar boʻlsa zorlar gʻamidin,
Birov firoqida chun zor boʻlmadi hargiz.

 

Manga muxolifat izhori qilmakim, mendin,
Bajuz muvofiqat izhor boʻlmadi hargiz.

 

Ne umrdur buki Bayram jafo chekib umre,
Inoyatinggʻa sazovor boʻlmadi hargiz.

 

* * *

 

Ey koʻngul, mujdakim, ul sarvi xiromon keladur,
Yangi boshdin tani afsurdam aro jon keladur.

 

Yana koʻzum uchadur shodligʻ ashkini toʻkub,
Magar ul mardumaki diydai giryon keladur…

 

Yana tan shahrida oyini ajabdurki, bu kun,
Ulki bor erdi koʻngul mulkida sulton keladur.

 

Garchi koʻp dard chekib oʻlgani yetdim gʻamidin,
Shukrlillahki, bori dardima darmon keladur.

 

Siyna xilvatgahini xoli eting, jonu koʻngul
Ki, bu manzilgʻa bukun oʻzgacha mehmon keladur.

 

Koʻzlarim har nafase telmuradur yoʻlgʻa boqkb,
To xabar keldikim, ul xusravi xubon keladur.

 

Lek toleʼ yoʻqidin har nechakim payki sabo
Yugurub, mujda berib chin desa, yolgʻon keladur.

 

Bayramo, solma koʻngul hajri parishonligʻidnn,
Bilki, jamʼiyati dilhoyi parishon keladur.

 

* * *

 

Yoshil libos aro ul sarvi guluzorni koʻr,
Koʻngul ochilgʻudek ul dilkusho bahorni koʻr.

 

Libosin etti yoshil sarvi lolaruxsorim,
Bahor mavsumida turfa lolazorii koʻr.

 

Gul uzra sunbuli serob koʻrmagan boʻlsang,
Yuzida ter ichida zulfi mushkborni koʻr.

 

Gahi qaror topar beqaror ishq, vale .
Qaror topmadi hargiz bu beqarorni koʻr.

 

Agarchi zoru giriftor koʻpturur, Bayram,
Ajab balogʻa giriftordur bu zorni koʻr.

 

* * *

 

Sarveki, lutf bogʻida nozuk niholi bor,
Nozuk niholining ne balo eʼtidoli bor.

 

Qaddi bila belini taxayyul qilur koʻngul,
Nozuk xayoli bor uni, nozuk xayoli bor.

 

Gulningki, yuz tajammuli bor husn bogʻida,
Ul gulni koʻrgali yuzidin infioli bor.

 

Dedimki, “Bizga boqmogʻining ehtimoli yoʻq”,
Boqib tabassum ayladikim: “Ehtimoli bor”.

 

Bayramki, xurdabinligʻ aro moʻshikof erur,
Ogʻzi bila beli soʻzida qiylu qoli bor.

 

* * *

 

Yorsiz jonimni olgʻon mehnati hijron emish,
Mehnati hijron demanglarkim, baloyi jon emish.

 

Xanjaring shavqi, yuzung mehriyu laʼling hajridin,
Koʻkrakim choku yurak yuz pora, bagʻrim qon emish.

 

Kom laʼlingdin visol ayyomida dushvor edi,
Yoʻqsa jon bermak firoqing shomida oson emish.

 

Ne balodurkim, xalosim yoʻq zamone hajridin,
Qismatim goʻyo azaldin mehnati hijron emish.

 

Besaru somon debon Bayramni, ey nosih anga,
Pand berma, kimga parvoyi saru somon emish.

 

* * *

 

Qilmagʻil, ey shoʻxi sarkash muncha beparvoyligʻ,
Bir mening raʼyim bila bul tobakay xudroyligʻ.

 

Gʻam tuni qon yigʻlarimning mehnatin koʻnglum bilur,
Garchi koʻzumga koʻrunmas muncha xunpoloyligʻ.

 

Yetmagʻay hargiz takallumda labi jonbaxshigʻa,
Har necha qilsa Masih alfozi ruhafzoyligʻ.

 

Yuz bila zulfi havosidek farahbaxsh oʻlmagʻay,
Nechakim qilgʻay nasimi subh anbarsoyligʻ.

 

Toki tugʻdi axtari davlat saodat burjidin,
Qilmadi bir kavkab ul oydek jahonoroyligʻ.

 

Chun topilmas bir guli bexor olam bogʻida,
Bogʻbonlar tokay etgaylar chamanpiroyligʻ.

 

Demagil Bayramki, beparvodur ul sultoni husn,
Podshahdur, ne ajab gar qilsa beparvoyligʻ.

 

* * *

 

Qoshinggʻa tushgali, ey sarvi guluzor, soching,
Meni yel esganidek qildi beqaror soching.

 

Firoqi yor tuni boʻldi subhi ravshani vasl,
Turarda tushgali yuzungga tor-tor soching.

 

Ochilsa nofa yuki mushk isi togʻilgʻondek,
Muattar ayladi olamni mushkbor soching,

 

May ichra obi hayot ayladi nihon ogʻzing,
Gul uzra sunbuli tar qildi oshkor soching.

 

Asiri ishqing emas oʻzluki bila Bayram,
Solibtur oni bu savdogʻa, ey nigor, soching.

 

* * *

 

To libosing gʻayr qoni birla gulgun ayladingʻ,
Qon toʻkardin koʻzlarymni gʻarqai xun aylading.

 

Qiygali siymin taning uzra qizil toʻn, ey quyosh,
Koʻz bayozin qon yoshim birla shafaqgun aylading.

 

Otashin gulgunalik toʻn birla gulgunung minib,
Oʻt yolindek bildurub shoʻrumni afzun aylading.

 

Koʻrsatib yuz, jon bila koʻnglumga qoʻyding dogʻi ishq,
Oʻrtading koʻnglumniyu jonimni mamnun aylading.

 

Bayramo, zulfi yilonigʻa fusundin ne osigʻ,
Chunki muhlikrogʻ boʻlur har necha afsun aylading.

 

* * *

 

Hargiz meni tarahhum ila yod qilmading,
Mahzun koʻngulni qaygʻudin ozod qilmading.

 

Dard ahlidek mulohazai xotirim qilib,
Qoʻnglimni bir inoyat ila shod qilmading.

 

Ochilmadi yuzung gulidin gʻunchadek koʻngul
Kim, hajr sarsari bila barbod qilmading

 

Olamda lafzi besanade hech qolmadi
Kim, ishq eligʻa ani isnod qilmading.

 

Har lahza yuz imorati xotir qilib xarob,
Hargiz binoyi marhamat obod qilmading.

 

Bas qil, yoʻq ersa tonglaki insof vaqtidur,
Faryod aylagaymenki, ne bedod qilmading?

 

Bayram, ne soʻzdururki seni yod qilmagʻay,
Gar yod aylading ani faryod qilmading.

 

* * *

 

Aylab shior shevai bedod koʻzlaring,
Olamni qatl ayladi jallod koʻzlaring.

 

Islom kishvarida baraftod ayladi,
Oyini adlu qoidai dod koʻzlaring.

 

Yetmas edi burungʻi balosiki, gʻamzadin
Kasb ayladi tariqai bedod koʻzlaring.

 

Ahli huzur xotirini sayd qildilar,
Sayyodligʻ tariqida ustod koʻzlaring.

 

Boʻldi yaqin zuhuri qiyomatki, boʻldilar,*-
Iki gʻizol ekach iki sayyod koʻzlaring.

 

Xush ul zamonki, bir nazari marhamat bila,
Qilgʻon koʻngulni qaygʻudin ozod koʻzlaring.

 

Chun tark ayladi nazari lutf odatin,
Bayramni qildi gʻam bila muʼtod koʻzlaring,

 

* * *

 

Ey jafojoʻ gʻayr birla oshnoliq qilmagʻil,
Oshno boʻlgʻan yoronlardin judoliq qilmagʻil.

 

Oshnoligʻ yaxshidur, lekin yamondur el tili,
Tilgʻa tushgan xalq birla oshnoligʻ qilmagʻil.

 

Bevafoligʻ garchi husn ahligʻa rasmedur qadim,
Sen ulargʻa oʻxshamassen, bevafoligʻ qilmagʻil.

 

Beadoliqdur vafo tark aylamak husn ahligʻa,
Bevafoliq tarkin ayla, beadoliq qilmagʻil.

 

Bayramo, chun eʼtiboring yoʻqturur yor olida,
Koʻrsatib anga oʻzungni xudnamoliq qilmagʻil.

 

* * *

 

Ey sarv, shamʼi majlysi agʻyor boʻlmagʻil,
V-ey gul, rafiqi har xasu har xor boʻlmagʻil.

 

Agʻyor birla hamdam oʻlub jonim oʻrtading,
Tengri uchunki, hamdami agʻyor boʻlmagʻil.

 

Men xud gʻamingda zor boʻlubmen xudoy uchun,
Sen bir sari bu navʼ dilozor boʻlmagʻil.

 

Yoʻqtur pariruxeki, aning zori boʻlmagʻay,
Sen ham manga nazar qilu bezor boʻlmagʻil.

 

Bayram, chu bilding emdi giriftorliq gʻamin,
Mundin nori kishigʻa giriftor boʻlmagʻil.

 

* * *

 

Yoʻqturur olam aro ishq ahlidek badnom el,
Kom topmay doʻstdin, xalq ichra dushmankom el.

 

Goh bazmi ayshi davron ofatidin qoʻzgʻolib,
Goh subhi vasli hijron zulmatidin shom el.

 

Goh quyundek gʻam biyobonida sargardon boʻlub,
Topmagʻon bir dam qaroru koʻrmagan orom el.

 

Goh Majnundek junun ifrotidin bexud boʻlub,
Xotirigʻa yetmagan ogʻoz ila anjom el.

 

Goh kasrat vahshati ifrotidin devonavor,
Xalq aro zohir qilib ham kufru ham islom el.

 

Goh vahdat bodasin tortib irodat jomidin,
Yuz tuman Jamshidgʻa jom aylagan inʼom el.

 

Ishq elidin mastu bexudluq ajab yoʻqturki, boz
Shavq bazmida sipehr aqdohin etgan jom el.

 

Necha bul Bayram kishiga ishq oʻti soʻzin dema,
Kim bu oʻtgʻa kuyganingni bovar etmas xom el.

 

* * *

 

Libosin etgali ul sarvi xush xirom qizil,
Koʻzumni ayladi qon yosh bila tamom qizil.

 

Pariruxum yana qonligʻ koʻzumda qildi maqom
Ki, husn ahligʻa zebodurur maqom qizil.

 

Mudom orazi ranginligʻi chogʻirdin emas
Ki, hech yuzni bu rang aylamas mudom qizil.

 

Agarchi husn elidur jomdin qizil yuzluk,
Erur hamisha yuzung aksi birla jom qizil.

 

Bilib sipehr gʻamim qon yoshin toʻkar, Bayram,
Shafaq emaski, erur har namozshom qizil.

 

* * *

 

Har necha, ey bevafo, vaslinggʻa loyiq boʻlmasam,
Ishq ahli boʻlmayin ishqingda sodiq boʻlmasam.

 

Topmayin sendin murode eʼtiqodim boʻlmasa,

Sen manga boʻlgʻil muxolif gar muvofiq boʻlmasam.

 

Ishq olam qaydidin boʻldi xalosimgʻa sabab,
Netkay erdim muncha mehnat birla oshiq boʻlmasam.

 

Qoʻyki, Bayramdek yiroqdin jilvai husnung koʻray,
Har necha, ey bevafo, vaslinggʻa loyiq boʻlmasam.

 

* * *

 

Yana koʻzi gʻamidin notavondurur koʻnglum,
Rafiqu hamdami ohu figʻondurur koʻnglum.

 

Agarchi jazm emas vaʼdagʻa vafo qiluri,
Vafogʻa vaʼda qilurdin xushondurur koʻnglum.

 

Navo chu topti ushshoq ichra Majnungʻa,
Junun maqomida ham dostondurur koʻnglum…

 

Tarahhum aylaki, Bayramdek elsifat koʻpdin,
Seni tilab necha bexonumondurur koʻnglum.

 

* * *

 

Ey chamani jon aro sarvi xiromongʻinam,
Umr gulistonida gʻunchai xandongʻinam.

 

Koʻzga mani ilmagʻan, bir nazare qilmagʻan,
Koʻnglum olib bilmagʻan dilbari nodongʻinam.

 

Ham oʻzi yaxshigʻina, ham koʻzi yaxshigʻina,
Ham soʻzi yaxshigʻina yori suxandongʻinam.

 

Ey yuzi gul-gulgʻina, v-ey sochi sunbulgʻina,
Qilma tagʻofulgʻina, boʻlma pushaymongʻinam.

 

Ey qadi chobukgʻina, v-ey labi nozukgʻina,
V-ey soʻzi oʻtrukgʻina, vaʼdasi yolgʻongʻinam,-

 

Vositai davlati vasling agar boʻlmayea,
Mehnati hijron aro chiqqusidur jongʻinam.

 

* * *

 

Muntaziri visol edim, bedilu beqaror ham,
Rahmki, emdi qolmadi toqati intizor ham.

 

Bir emasu ikki emas mehnati hajru bori dil,
Mehnatima hisob yoʻq, dardima yoʻq shumor ham.

 

Har koʻnguleki, bor edi mehnatu gʻamgʻa yor edi,
Yuz alam ixtiyor edi, qolmadi ixtiyor ham.

 

Ruhni bulbulung qilur, jonni dagʻi qulung qilur,
Chehrani gulgunung qilur, turrai totor ham.

 

Har kishi ishqibozdurur, xoki rahi niyozdurur,
Ishq ila sarfarozdurur Bayrami xoksor ham.

 

* * *

 

Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen,
Nedin, yorab, yetibtur koʻnglunga ozor, bilmasmen.

 

Maloling zohiru bilmay sabab jon yetti ogʻzima,
Nechuk jon zltayin gar qilmasang izhor, bilmasmen.

 

Kirib dushman soʻziga doʻst bilmaysen meni, lekin,
Xudo hozirdurur men sendin oʻzga yor bilmasmen.

 

Ne qildim, ne xato voqeʼ boʻlubtur, vah, ne soʻz debmen,
Ki, soʻz qotmas manga ul laʼli shakkarbor, bilmasmen.

 

Havas qildim ani tush koʻrmak, ammo tushda koʻrgaymen,
Chu hargiz tushda ham baxtim koʻzin bedor bilmasmen.

 

Ne tong gar gʻayr birla hamdam oʻlsa ul guli raʼno,
Jahon bogʻi aro chun bir guli bexor bilmasmen.

 

Bu qatla bir parining ishqidin koʻp zorsen, Bayram,
Seni hargiz birov ishqida mundoq zor bilmasmen.

 

* * *

 

Figʻonimdin quloq ogʻribmudur oromi jonimgʻa,
Yoʻq ersa ne uchun, yorab, quloq solmas figʻonimgʻa.

 

Qulogʻi ogʻrigʻon tashvishidin ozurdadur jonim,
Berib sihhat, ilohi, rahm qil ozurda jonimgʻa.

 

Birovkim oshkoro nolalar qilsam qulogʻ solmas,
Ne turluk, yorab, oʻlgʻay mustameʼ dardi nihonimgʻa.

 

Yaqin bilganda gʻofil boʻlmasini zori nolamdin,
Qulogʻi ogʻrigʻi kelmas edi hargiz gumonimgʻa.

 

Eshitmasdin burun, vah, ne uchun kar boʻlmadim, yorab,
Eshitguncha qulogʻ ogʻrigʻini sarvi ravonimgʻa.

 

Koʻnguldinkim, koʻngulga yoʻldurur, derlar, gʻalat ermish
Ki, mehrim hech taʼsir etmadi nomehribonimgʻa.

 

Otimni yor bilmay, gʻayrdin istar nishon Bayram,
Ne nomu ne nishon, rahmat mening nomu nishonimgʻa.

 

* * *

 

Koʻrunur gulgun par ul sarvi xiromon boshida,
Yonma-yondurur shafaq xurshidi tobon boshida.

 

Yo tuluʼ etgan quyoshedur Masiho ushnida,
Yo qanot yoygʻon tazarvedur Sulaymon boshida.

 

Qomati shamʼi shabistonimduru, gulgun pari –
Shuʼlayedur goʻyiyo shamʼi shabiston boshida.

 

Sanchibon par jilva ber raxshinggʻa maydon sorikim,
Sen kelursen deb, koʻzum toʻrt oʻldi maydon boshida.

 

Qaddu raftoringgʻa koʻnglum oncha moyil borkim,
Yoʻq havoyi jilvai sarvi xiromon boshida.

 

Kam emas bir dam xayoli sheʼr Bayram boshidin,
Koʻrgali sheʼrini ul shohi suxandon boshida.

 

* * *

 

Koʻzum uchadur to koʻra olgʻay asar andin,
Koʻnglum oʻsadurkim, ola olgʻay xabar andin.

 

Vahkim, nazarim oʻtrusida jilvagar ermas.
Ulkim, koʻtara olmas edim bir nazar andin.

 

Laʼli oʻti gulguna sirishkimni qilur tez,
Zohir boʻladur qatraye xuni jigar andin.

 

Bunyodi balo qilmadi toʻfoni sirishkim,
Kim yer ila koʻk boʻlmadi zeru zabar andin.

 

Bayramki, soʻrogʻ aylar edi ogʻzi nishoni,
Laʼlini soʻrub boʻldi soʻzi muxtasar andin.

 

* * *

 

Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma,
Kuydi jigarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Garchi guzaring yoʻq manga, billahki, sendin
Yoʻqtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Yuz fitna koʻzu zulfung aro chin topilibtur,
Ey fitnagarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Sen boʻlgʻali manzur mahu mehrgʻa hargiz – *
Tushmas nazarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Sendin xabarim boʻlgʻali, haqqoki, oʻzimdin
Yoʻqdur xabarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Yoʻq sencha kishi sevguluk el ichraki, yoʻqtur
Sendek sevarim, xoh inon, xoh inonma.

 

Bayram kibi yakson kechadur zulfu yuzungdin
Shomu saharim, xoh inon, xoh inonma.

 

* * *

 

Har soʻzki gʻarazgoʻ desa, ey yor, inonma,
Arbobi gʻaraz soʻziga zinhor inonma.

 

Gar yetsa zohir qiladur ishqini elga,
Billah, kishiga qilmadim izhor, inonma.

 

Har dam sanga yuz soʻz meni mahrumdin aytib,
Har soʻzda aning yuz gʻarazi bor, inonma.

 

Billahki, agʻyor soʻzi barcha gʻarazdur,
Mendin sanga bir soʻz desa agʻyor, inonma.

 

Har necha jafo koʻrsa vafo tarki qilurmu,
Bayramki bilur oʻzni vafodor, inonma.

 

* * *

 

Azbaski mehring ozligʻidin beqarormen,
Har lahza ohu nolada beixtiyormen.

 

Men zori beqarorgʻa rahm etki, muttasil,
Ishqingda beqaroru firoqingda zormen.

 

Miskinu, xoksoru gʻaribiga rahmi yoʻq,
Miskin menu gʻaribe menu xoksormen.

 

Borimda bar xotir emas gʻayr taʼnasi,
Chun har ne aytadur meni, yuz oncha bormen.

 

Doim jununu xalq aro Majnuncha shuhratim,
Rasvoligʻim ne aybki, devonavormen.

 

Qulluqqa garchi maʼsiyatim barkamoldur,
Ammo kamol avjidin umidvormen.

 

Bayram jahonda hech kishiga qoʻymon eʼtibor,
Topsam habib hazratida eʼtibor men.

 

* * *

 

Pariruxo, yana qayga havo qilib borasen
Ki, telbalarni ajab benavo qilib borasen,

 

Figʻonki, oʻq kibi tashlab yiroq visolingdin,
Firoq ilkida qadimni yo qilib borasen.

 

Koʻngul sinuqturu, yoʻq toqati jafo lekin,
Shikasta koʻngluma, jono, jafo qilib borasen.

 

Visol davlatidin ayirib meni, vahkim^
Firoq mehnatigʻa mubtalo qilyb borasen.

 

Vafoligʻ el aro men zorni sogʻinsa boʻlur,
Chu itlaringgʻa meni oshno qilib borasen.

 

Safoyi majlisi ishrat senng huzuring edi,
Huzur majlisini besafo qilib borasen.

 

Meni bu mehnat aro norizo qoʻyub bording,
Vale raqibni oʻzdin rizo qilib borasen.

 

Bu tavr qilmagʻil, ey gʻul, vafo tariqi emas
Ki, bulbulungni asiri balo qilib borasen.

 

Borib nigoringu yuz soʻz ila qolib Bayram,
Firoq hirqatidin oʻtgʻa yoqilib borasen.

 

* * *

 

Eykim, hamisha dardu gʻamingdin halokmen,
Darding eshitgali ne balo dardnokmen.

 

Gah xanjari firoqing ila dilafgor oʻlub,
Gah tigʻi ishtiyoqing ila siynachokmen.

 

Gohi qilib havoyi visoling, topib hayot,
Gohi chekib jafoyi firoqing, halokmen.

 

Gah qahr ila gudoxtai poki ishqmen,
Gah lutf ila navoxtai ishqi pok men.

 

Bayram ne til bila anga jonim fido demay,
Yuz til bila chu qoyili ruhi fidok men.

 

* * *

 

Bodaikim ichtim ul shoʻxi sitamkor ilkidin,
To hayotim bordurur kayfiyatim bor ilkidin.

 

Ilkima olib ayogʻ bordim ilikdin bir yoʻli,
Botrogʻ ich deb, chun ishorat qildi izhor ilkidin.

 

Shisha yangligʻ qon toʻkub, sogʻar kibi qondur ichim,
To oʻlibtur shishau sogʻar namudor ilkidin.

 

Koʻrmayin ilkiga har dam el koʻzi tushmakni deb,
Bordurur qonligʻ koʻzum payvasta xunbor ilkidin,

 

Masti loyaqil boʻlur ermish tamomi umrida,
Bsdilikim, jurʼaye noʻga etsa dildor ilkidin.

 

Na, nechuk men umrlar mast oʻlmayin, ey doʻstlar,
Kim, ichibmen maylar ul shoʻxi jafokor ilkidin.

 

Bayram, ul davr oʻttiyu oʻlturdi bu hasrat meni
Kim, yana bir jurʼaye noʻsh etmadim yor ilkidin.

 

* * *

 

Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilgʻay benavolargʻa,
Nechukkim, podshohlar marhamat aylar gadolargʻa.

 

Agar ul shohi xoʻbon lutf ila boʻlsa xaridorim,
Gadoyimenki, istigʻno sotarmen podshohlargʻa…

 

Damekim, noz ila ikki labi vasfin ado qilgʻay,
Masiho boʻlsa ham jon bergay ul nozik adolargʻa.

 

Balolardur manga ul koʻz bila zulfu qadu kokil,
Baloligʻ koʻz edikim, uchradim mundogʻ balolargʻa.

 

Yuzin koʻrsattiyu koʻnglum olib yoshurdi ruxsorin
Qi, mundin soʻng koʻngulni bermagaymen dilrabolargʻa,

 

Gadoyi benavodur Bayramu yoʻlingda xok oʻlgʻon,
Tariqi mehr ila gomi guzar qil benavolargʻa.

 

* * *

 

Nigoro, bir yoʻli men zordin bezorliq qilma,.
Meni mahrum etib agʻyor birla yorliq qilma.

 

Koʻngul berdim sanga dildor deb tengri uchun, ey gul,
Mening koʻnglum olib agʻyorgʻa dildorliq qilma.

 

Qadimiy qullaring berahligʻidin nechakim boʻlmish
Muborak xotiring ozorliq, bezorliq qilma.

 

Men ul gul ishqidin qonlar yutub rozimni fosh etmon,
Sen, ey koʻz, dam-badam ifsho uchun xunborliq qilma.

 

Raqibo, xotirim ozurdadur hijron xaroshidin,
Durusht aytib meni ogʻritma, nohamvorliq qilma.

 

Tilab dildorni zori qilursen mendek, ey Bayram,
Buzugʻdur xotirim, tengri uchun bu zorliq qilma.

 

* * *

 

Jon topti eʼtidol kadingdek niholdin,
Yorab, tajovuz aylamasun eʼtidoldin.

 

Ul bel taxayyulida xayoli boʻlub koʻngul,
Aning xayoli chiqmadi hargiz xayoldin.

 

Har kimki, baidu qurb hijobini qnldi rafʼ,
Gʻamginu shod boʻlmadi hajru visoldin.

 

Qilsang jamoli shohidi gʻaybi koʻrarga jahd,
Jahd ila munqateʼ boʻlakoʻr johu moldin.

 

Bayram, habib kilmadi holingga nltifot,
Boʻlgʻaymu hech hol yamonrogʻ bu holdin.

 

* * *

 

Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum boʻlgʻaymen,
Tnlarmen tengridinkim, bir yoʻli maʼdum boʻlgʻaymen.

 

Gulistoni jamoling birla el masrur, vah, tokay
Meni mahzun malomat kunjida magʻmum boʻlgʻaymen?

 

Men erdim mahramu agʻyor mahrum erdilar, jono,
Boʻlub agʻyor mahram, men ne deb mahrum boʻlgʻaymen?

 

Vafogʻa ot chiqardim koʻp jafo tortib, zihi, davlat
Ki, ahli ishq aro bu ismgʻa mavsum boʻlgʻaymen.

 

Base gʻamlar koʻrub, jonlar chekib majhulmen, Bayram,
Magar jon topshurub yor olida maʼlum boʻlgʻaymen.

 

* * *

 

Dardoki, yor soʻrmadi men xasta holini,
Hargiz eshitmadim farahafzo savolini.

 

Koʻnglum maraz haroratidin muztarib durur,
Yoxud tilaydur ul labi maygun zulolini.

 

Armonda oʻldum, oh, ne boʻlgʻay edi agar,
Bir qatla koʻrsam erdi muborak jamolini.

 

Vasl ehtimoli boʻlmagʻanidin topar edim,
Har lahza xotirimda oʻlum ehtimolini.

 

Gar bir balo marazdin edi zor jismima,
Jonimgʻa yuz balo edi, topmay visolini.

 

Bas, mushkil erdi bu maraz ichra tirilmagim,
Gar soʻrgʻali yubormasa erdi xayolini.

 

Bayram, firoqing ichra marizu maluldur,
Xush ulki, dafʼ qilsa visoling malolini.

 

* * *

 

Ul shoʻx dardi boisi qilding gazandni,
Kuydurdung, ey sipehr, meni dardmandni.

 

Tan mijmarida xasta koʻngul pora-pora, bas,
Dafʼi gazand uchun netay oʻzga sipandni.

 

Ul qadki, husn gulshanida boʻldi sarfaroz,
Lutf ichra past ayladi sarvi balandni…

 

Bayram kamoli mashrab erur, tarki tavba qil,
Topsang harif bir necha yori lavandni.

 

* * *

 

Joni shirinim u laʼli nuktadoning sadqasi,
Vah, ne bir jon, balki yuz jon boʻlsa oning sadqasi

 

Sen dagʻi bir noʻshlab ishqida mendek zorsen,
Zor koʻnglumga tarahhum ayla joning yeadqasi.

 

Deding, evrulma boshimgʻakim, ravon men telbaga,
Sen ravon boʻl, men boʻlay sarvi ravoning sadsasi.

 

Ham Xizr suyi labi jonbaxshingga boʻlsun fido,
Ham Masih anfosi jonbaxsh bayoning sadqasi.

 

Bayram, oʻlma talxkom ar joni shirin boʻlmasa,
Joni shirining, buti shirin zaboning sadqasi.

 

* * *

 

Necha hijron gʻamidin nolayu faryod qilay?
Hosili umrni faryod ila barbod qilay?

 

Necha koʻz lavhida tasvir etibon suratini,
Dam-badam xotir aning koʻrmokidin shod qilay?

 

Necha vaslini tilab hajrida xursand boʻlay,
Necha ummidi bila jonima bedod qilay?

 

Necha gʻurbat aro bekaslik oʻti birla kuyub,
Motamiylar kibi oʻz holima faryod qilay?

 

Necha jonimgʻa sogʻinmasligʻidin oʻt tushubon,
Oni besabrligʻimdin kuyunub yod qilay?

 

Necha ishqida buzub sabru salomat vatanin,
Necha anduhu malomat uyin obod qilay?

 

Necha zulfigʻa giriftor boʻlub zor boʻlay?
Kelki, oʻzni bu balo qaydidin ozod qilay?

 

Bayramo, yor vafo rasmigʻa muʼtod emas,
Emdi jonimni jafosi bila muʼtod qilay?

 

* * *

 

Yer dardi joni bemorimda boʻlgʻay qoshki,
Jismi ozori tani zorimda boʻlgʻay koshki.

 

Gul yuzin koʻrguncha ranj osebidin betobi rang,
Yuz tikan bu chashmi xunborimda boʻlgʻay koshki.

 

Zahmatikim undadur, kosh ul manga boʻlgʻay nasib,
Sihhatikim mendadur, yorimda boʻlgʻay koshki.

 

Laʼli jon baxshini bir tabhola majruh etkucha,
Yuz jarohat joni afgorimda boʻlgʻay koshki.

 

Anda boʻlgʻon dard boʻlgʻay menda, lekin dardi ishq –
Andake yori jafokorimda boʻlgʻay koshki.

 

Bayram ul oyning har ozori hayotedur manga,
To tirikmen bandi ozorimda boʻlgʻay koshki.

https://saviya.uz/ijod/nazm/mahzun-kongulni-qaygudin-ozod-qilmading/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x