Iffat

Iffat deb nafsimizni gunoh va buzuq ishlardan saqlamoqni aytilur. Bizlarni gunoh va maʼsiyatdan saqlaguvchi, harom-harishdan nafsimizni asraguvchi faqat iffatimizdur.

Axloq sohibi, iffat egasi qalbini, vijdonini poklab, tilini yolgʻon, gʻiybat, boʻhton, moloyaʼni kabi yomon soʻzlardan saqlar.

Chunki insonga if fatidan koʻproq til iffati lozimdir. Boshimizga keladurgan kulfat va zahmatlarning aksari yomon tilimizdan, andozadan ortuq soʻylaganimizdan kelur.

 

Oʻylamay soʻylagan ogʻrimay oʻlar,

Fikr ila soylagan yigʻlamay kular.

 

Iffat erlardan koʻproq xotunlar uchun olmosdan qimmat, injudan qadrli ziynat va fazilatdur. If fatli kishi har vaqt nazari ibrat ila harakat qilur. Kecha va kunduz fikri, zikri vatandoshlariga, qarindoshlariga yaxshilik, xayrixohlikdan iborat boʻlur.

Soʻzida, feʼlida sodiq boʻlub, vijdonga ters, insoniyatga kelishmagan muomaladan hazar qilur. Hazrati Ali raziallohu anhu: “Iffat xotunlarning eng ziynatli libosi, erlarning sarmoyayi ulviyatidur”, – demishlar.

Hazrati Luqmon: “Iffat nomusning eng mahkam suyanchigʻidur. Nafsning hujumiga shul quvvat ila muqobala qilinur”, – demishlar.

Aflotun hakim: “Iffat xotundan koʻproq erlarga yarashadurgan bir sifatdur. Xotun iffati adab va nomusini saqlovdur. Erlarning iffati butun insoniyat adablariga shomildur. If fatsiz inson yalangʻoch jasad kabidur”, – demishlar.

 

Zotingga ziynat oʻlan iffatni dilda saqlagil,

Shahvat nafsing seni bolgʻusidur aqlinggʻa qul.

Har kishining dunyoda yirtilsa iffat pardasi,

Nafsi shaytondek ani bir kun solur boʻyniga gʻul.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

https://saviya.uz/ijod/nasr/iffat/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x