ANTIPERISTALTIKA

ANTIPERISTALTIKA (anti… va yun. peristaltikos — ichakdagi suyuqlikni suradigan kuch) — qiziloʻngach, meʼda va ichaklarning pastdan qisqarishi. Odatda ovqat moddalari, suyuklik ogʻiz boʻshligʻidan halqum, qiziloʻngachning yuqoridan pastga qarab boʻgʻimma-boʻgʻim qisqarishi tufayli meʼdaga, soʻnfa ichakka yoʻnaladi. Bunda hazm aʼzolari devoridagi halqasimon silliq muskullar yuqoridan pastga qarab navbat bilan qisqarsa, uzunasiga joylashgan muskullar esa qisqarib ichak boʻshligʻini kengaytirib, chayqaltiradi. Sifatsiz ovkat isteʼmol qilinganda halqasimon muskullar, aksincha, pastdan yuqoriga — ogʻiz boʻshligʻiga qarab qisqaradi. Uzunasiga joylashgan muskullar esa boʻshashadi. Natijada ichakdagi ovkat yuqoriga — ogʻiz bushligʻi tomon yoʻnalib, qusish jarayoni vujudga keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x