DO`STLARGA ULASHING:
💊Erflyusal — ingalyatsiya uchun poroshok. Bronxial astmada qo’llaniladi.
💊DORI SHAKLI : 👇
Ingalyatsiya uchun poroshok.
💊TARKIBI : 👇
Flutikazon propionat va salmeterol ksinafoat moddalari.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Yalliglanishga qarshi va bronxlarni kengaytiruvchi vosita . Bronxial astmada qo’llaniladi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Bronxlar spazmida, bronxlarni kengaytiradi.
— O’pka funksiyasi faoliyatini yaxshilaydi.
— Bronxial astma kasalligida umumiy davolash tarkibida qo’llaniladi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Ingalyatsiya ko’rinishida qo’llaniladi. Bronxial astma xuruji davrida yoki kunning astma belgilari yuz bergan vaqtlarida qo’llaniladi.
🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Og’iz bo’shligi va xiqildoqda zamburugli kandidoz paydo bolishi.
— Uyqu buzilishi va bezovtalik kuzatilishi mumkin.
— Bosh og’rigi kop kuzatilishi
— Taxikardiya belgilari kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda .
— 4 yoshdan kichik bolaga mumkinmas.
— Nafas yo’llarining virusli , zamburugli va bakterial kasalliklarining og’ir xolatlarida.
— Yurak qon tomir kasalliklarining og’ir xolatlarida ( taxikardiya va ekstrasistoliyada mumkin emas ).
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo’llang.
Qandli diabet kasalligida shifokor maslahati bilan kasallik holatiga qarab mumkin.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Germaniya