ANTIGUA VA BARBUDA (Antigua and Barbuda) — Vest-Indiyadagi davlat. Kichik Antil o. lari guruhiga kiruvchi Antigua, Barbuda va Redonda o. larida joylashgan. Mayd. 441,6 km2. Aholisi 64,3 ming kishi (1995), asosan negrlar va mulatlar. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 145 kishi. Aholining 32% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar xristian dinining protestantlik oqimiga mansubdirlar. Maʼmuriy-hududiy jihatdan 7 r-nga boʻlingan. Poytaxti — Sent-Jons sh. va porti. Antigua va barbuda va B. 1981-y. da qabul qilingan Konstitutsiya boʻyicha Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — vakillar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyatni general-gubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi xukumat boshqaradi. Antigua va barbuda va B da Antigua ley-boristlar partiyasi (1968), Birlashgan taraqqiyparvar partiya (1992), A. va B. fuqarolik xizmati assotsiatsiyasi (500 aʼzo), Antigua professional va ishchilar ittifoqi (1940, 10 ming aʼzo), Antigua ishchilar ittifoqi (1967, 10 ming aʼzo) mavjud. Orollar asosan tekislikdan iborat. Tekislikning eng yuqori nuqtasi — 402 m ga yetadigan Bogti-Pik balandligidir. Antiguaning shim. va sharq-iy qismi ohakchil va yirik donador qum, markaziy qismi gil formatsiyalar bilan qoplangan. Antigua o. qirgʻoqlari kemalar uchun qulay tabiiy toʻxtash joylariga ega. Qirgʻoq boʻyining ayrim qismlari qoyalar bilan qoplangan. Orollarda iqlim — quruq va quyoshli (bir yilda oʻrtacha 1150 mm yogʻin yogʻadi). Quruq mavsum noyab. ning oxiridan may oyining boshigacha davom etadi. Tabiiy oʻsimliklari va hayvonot dunyosi Antiguadan 48 km shim. da joylashgan aholi kam yashaydigan Barbuda o. da saqlanib qolgan. Bu yassi marjon o. ning gʻarbiy qismida qoʻltiq boʻlib, uning qoʻriqxona sharoitida suvda suzuvchi yovvoyi qushlarning koʻp turlari saqlanib qolgan. Orollarning qad. aholisi indeyslar boʻlgan. Antigua va Redonda o. larini 1493-y. X. Kolumb oʻzining ikkinchi ekspeditsiyasida kashf etgan. Orollar dastlab Ispaniya, Angliya va Fransiya mustamlakasi, 1667-y. dan butunlay Angliya mustamlakasi boʻlgan. Inglizlar orolda plantatsiya xoʻjaligini tashkil etib, bu yerga Afrikadan nefqullarni olib kela boshladilar. 1834-y. qulchilik bekor qilindi. 1871-y. dan 1958-y. gacha Antigua, Barbuda va Redonda o. lari Angliyaning Shamolli orollar mustamlakasi tarkibida boʻlgan. 1981-y. dan mustaqil davlat.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые