DO`STLARGA ULASHING:
💊Jenavit kapsulasi — ayollar gormonal faoliyatini normallashtiruvchi vosita.
#Jenavit kapsula
#Женавит капсула
💊DORI SHAKLI : kapsula
💊TARKIBI : 👇
Tabiiy mikronlashtirilgan progesteron — 100 mg.
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
Progestagen vosita.
💊QACHON QO’LLANILADI 👇
— Bachadon va bachadon naylarining mushaklarini qo’zgaluvchanligini va qisqaruvchanligini kamaytiradi ( oksitotsinga teskari ta’sirga ega ).
— Bachadonning ichki birinchi qavatini , ya’ni endomatriy qavatini normal shakllantirishga yordam beradi.
— Sut bezlariga ijobiy , yaxshi ta’sir qiladi.
— Ayollarda progesteron tanqisligi holatlarida qabul qilinadi.
— Xayzdan oldingi holatlarda qo’llaniladi.
— Ovulyatsiyani buzilishi va umuman ovulyatsiya yuz bermaydigan holatlar oqibatida yuzaga kelgan xayz siklining buzilishida qabul qilinadi.
— Xavf soluvchi abort yoki progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatdagi abortni oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
— Lyutein yetishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda qo’llaniladi.
— Fibroz kistoz mastopatiyada
— Menopauzal o’tish davrida qo’llaniladi va menopauzadan oldingi va keyingi davrlarda gormonal davolash maqsadida esterogen saqlovchi preparatlar bilan birga qo’llaniladi.
— Muddatidan oldin tug’ruqni oldini olish maqsadida qabul qilish mumkin ( chunki jenavit bachadon qisqarishini kamaytiradi va oksititsinga teskari ta’sirga ega).
— Ayollarda muddatidan oldingi menopauzada qo’llaniladi.
💊QO’LLASH USULI VA QO’LLASH DOZASI 👇
Preparat uyqudan oldin suv bilan ichga qabul qilinadi. Kechasi uxlashdan oldin 1 kapsula ichib uxlash kerak.
Yana bir ma’lumotni aytib o’taman. Jenavitni kasallik turi va holatiga qarab sutkalik doza kuniga 2 — 3 kapsula ham qabul qilish mumkin. Qabul qilishdan oldin shifokor ginekolog bilan maslahatlashib qabul qiling.
🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Xayz siklini buzilishi , qon ketishlar.
— Bosh og’rigi va uyqusizlik kuzatiladi.
— Qorinni dam bo’lishi kuzatiladi.
— Eshakyemi va teri qichishish kuzatiladi ko’pincha.
— Sut bezlarida taranglik , qindan ajralmalar kelishi va bo’g’imlarda og’riq kuzatilishi mumkin.
— Tunda ko’p terlash va isitma holati kuzatiladi.
— Qon bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Venalarda tromblar bo’lsa , tromboemboliyada, o’pka arteriyasida tromboemboliya bo’lganda mumkin emas.
— Qon quyuqlashgan paytda va qoni quyuq insonlarda mumkinmas.
— Miokard infarkti va insultda mumkin emas.
— Sababi nomalum bo’lgan qindan qon ketishda mumkin emas.
— Sut bezi va jinsiy a’zolar o’smalarida mumkin emas.
— Jigar og’ir kasalliklarida, gepatitda va jigar o’smalarida mumkin emas.
— 18 yoshdan kichik yoshdagilarga mumkin emas.
— Emizish davrida mumkin emas.
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
💥Jenavitni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo’llash mumkin emas ( esda saqlang ).
Homiladorlikning 2 chi va 3 chi oyliklarida ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qo’llash mumkin.
💥Jenavit qon bosimini oshiradi. Davleniyasi baland yuradigan kishilar qabul qilishi mumkin emas. Qon bosimi oshgan vaqtda ham mumkin emas.
💥Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
💥Og’ir yurak, jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.
💥Bronxial astma , epilepsiya va migren kabi kasalligi bor kishilar shu kasallikning og’ir davrida bo’lsa jenavitni qabul qilish mumkin emas. Yengilroq davrida bo’lsa ehtiyot bo’lib shifokordan so’rab foydalansa bo’ladi.
💥Jenavit qondagi qand miqdorini oshiradi. Shu sabab qandli diabeti bor bemorlar , qondagi qand miqdori normadan oshib ketgan bo’lsa qabul qilish mumkin emas.Agar qondagi qand miqdori past bo’lsa yoki normada bo’lsa ehtiyot bolib qo’llasa bo’ladi.
💥Jenavitni qabul qilishdan oldin shifokoringizdan xayz siklining qaysi kunidan boshlab qabul qilishni ham so’rang ( Anniq so’rang ahamiyati katta buni ).
💉Qo’llash — retsept bilan albatta .
💉Ishlab chiqaruvchi — Xitoy