Boʻrining xulosasi

Oʻrmonda ahil boʻrilar toʻdasi umrguzaronlik qilar edi. Kun kelib keksaygan toʻdaboshi batamom kuch-quvvatdan qolibdi. Navbatdagi ov arafasida yoʻlboshchi endi toʻdaga yoʻlboshchilik qila olmasligini maʼlum qilibdi. Toʻda orasidan yosh va baquvvat, quyuq kulrang moʻynali boʻri chiqib toʻdaboshining oldiga boribdi va bundan keyin boʻrilar jamoasiga boshchilik qilishga izn soʻrabdi. Keksa boʻri rozilik bildirib, buni eʼlon qilgach, boʻrilar yangi yoʻlboshchi rahbarligida ozuqa topib kelish uchun joʻnab ketishdi.

Oradan bir kun oʻtib yangi sardor boshchiligidagi toʻda moʻl-koʻl oʻlja bilan qaytdi. Yosh yoʻlboshchi keksa boʻriga 7 nafar ovchiga hujum qilib, hech bir qiyinchiliksiz bor-budini talon-taroj qilganliklari bilan maqtandi. Keyingi ovda, undan keyingisida ham ov baroridan kelib, yosh yetakchi jamoada oʻz mavqeini mustahkamlab oldi.

Izgʻirin kunlarning birida yangi sardor boshchiligida ovga ketgan navqiron va jasur toʻda oradan koʻp vaqt oʻtsa hamki, ovdan qaytmabdi.

Nihoyat, uzoqdan boʻrilarning qorasi koʻrindi. Yakkam-dukkam qaytayotgan boʻrilar mayib-majruh, hammayogʻi qonga belangan, moʻynasi tirnalgan holda, ularning yarmidan koʻpi ortga qaytishmagan edi.

Yosh yoʻlboshchi keksa rahbar boʻriga yoʻlda uch nafar yoʻlovchiga duch kelgani, ularga hujum qilib, jangda oʻzi va sanoqli hamrohlari zoʻrgʻa omon qolishganini aytibdi.

“Ilk boshqargan ovingda 7 qurollangan ovchini xonavayron qilib qaytgan eding. Bu gal bor-yoʻgʻi uch yoʻlovchining sizlarni bunday achinarli ahvolga solganini qanday tushunmoq kerak?”, soʻradi keksa boʻri hayrat bilan.

Sobiq toʻdaboshining savoliga yosh sardor shunday javob qaytaribdi:

“Oʻshanda biz hujum qilganlar 7 ovchilar toʻdasi edi. Biroq, biz kecha talamoqchi boʻlgan odamlar 3 nafar doʻstlar ekan”.

 

Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi.

 

“Ijod olami”, 2018/4

https://saviya.uz/ijod/nasr/borining-xulosasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x