“Haqiqiy gʻalaba nafs ustidan qozonilgan gʻalabadir”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

*****

Men hech qachon ziyon koʻrmayman. Yo nimagadir erishaman (ishonchini, mehrini qozonaman) yoki nimadir oʻrganaman (tajribaga ega boʻlaman).

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Buyuk insonning buyukligi sodda, kichikkoʻngil, faqir odamlar bilan boʻladigan muomalasida koʻrinadi.

Tomas Karlayl

*****

Bu hayotda koʻp ham insonlarga suyanma. Axir qorongʻu joylarda hatto soyang ham seni tashlab ketadi-ku!

Mahmud Alvon

*****

Aql koʻpayib borgani sayin kishining uzlatga, xoli qolishga boʻlgan moyilligi ham oshib borar ekan.

 “Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Olam faqat nasihatlarga emas, balki oʻrnak, namuna boʻladigan shaxslarga muhtojdir.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Baxt otning taqasini devoringga qoqib qoʻyganingda emas, balki boshingdan eshakning aqlini chiqarib tashlaganingda keladi.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Matndagi lugʻaviy xatolarga eʼtiborini qaratib, matnda nima mavzu yoritilganini esdan chiqaradigan kimsalar menga bir xitoy maqolini eslatishadi: “Men Oyga ishora qilaman. Ahmoq esa barmogʻimga qaraydi”.

Tavfiq Hakim

*****

Zolimga “Adolat qil!” deyishingiz majnunga “Aqlingni ishlat!” deyishingizga oʻxshaydi.

Doktor Ali Virdiy

*****

Boshqalarning fikrlaridan qoʻrqma! Bu ularning fikrlaridir, sening voqeliging emas.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Haqiqiy gʻalaba nafs ustidan qozonilgan gʻalabadir.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Meni notoʻgʻri tushunganingdan koʻra umuman tushunmaganing yaxshiroqdir.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Baʼzilar olamni ochishni (isloh qilishni, rivojlantirishni) istaydilar. Vaholanki, oʻzlari kitobni ochishdan ham ojizdirlar.

Nizor Qabboniy

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/haqiqiy-galaba-nafs-ustidan-qozonilgan-galabadir/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x