Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Soʻzlaringni tushunmaydigan odam bilan birga tursang xuddi zindonda turgandek boʻlasan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Inson ikki yoʻl bilan taʼlim oladi:
- Oʻqish orqali;
- Oʻzidan ilmliroq kishi bilan suhbat qilish orqali.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ishning tez bajarilishiga emas, puxta qilinishiga qara. Chunki odamlar sendan ishni qancha muddatda bajarganingni soʻrashmaydi. Balki ular ishingning sifatiga, puxta bajarilganiga eʼtibor berishadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar “yomon koʻrish” degan narsani elektr tokiga aylantira olganimizda, butun dunyoni chiroq bilan yoritish mumkin boʻlardi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ziynat uchun ekiladigan daraxtlar bor. Baʼzi daraxtlarning faqat soyasidan foydalaniladi. Baʼzi daraxtlarning esa soyasidan ham foydalaniladi, koʻrinishi ham maftunkor boʻladi, pishib-yetilgan shirin mevalari ham boʻladi. Odamlar ham xuddi daraxtlarga oʻxshaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Odamlarni oʻzingga qaratish uchun yolgʻon gapirma! Odamlarni sendan uzoqlashtirsa ham rost gapirishdan qoʻrqma!
“Sukutdagi sadolar”
*****
Xatolaringni toshga oʻyib yozadilar, fazilatlaringni esa suvga chizadilar.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Fazilatli ayol qidirishdan oldin oʻzingiz fozil boʻling! Mevalar zohir boʻlishidan oldin gullar zohir boʻlishi kerak.
Doktor Mustafo Mahmud
*****
Sen qila oladigan ish – qalbingni poklashingdir. Hech kimga ozor berma! Hech kimni jarohatlama! Oʻzing shunday goʻzal ishlar qilgingki, hech kim seni unutolmasin.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Sizdan nega uzlatni yaxshi koʻrishingiz haqida soʻrashsa, “Uzlat – gʻiybatdan rohat, chaqimchilikdan qochish, tilning toyilishidan qoʻrgʻon, mish-mishlardan uzoqlashish” deb javob bering.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Ovozingni emas, soʻzlaringning saviyasini koʻtar!
“Sukutdagi sadolar”
*****
Inson ikki sababga koʻra oʻzgaradi:
- Yo koʻp oʻqib, oʻrganganda;
- Yoki koʻp ozorlarga uchraganda.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Hayotdagi eng rost hikmat
Agar sen yaxshi yashamayotganingni his qilsang, bilginki, namozni yaxshi oʻqimas ekansan.
“Menga juda yoqqan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/ovozingni-emas-sozlaringning-saviyasini-kotar/