Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Muhabbat bilan qilingan ish puxta, sifatli qilib bajariladi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Tarixdan shuni oʻrgandik: Hech kim tarixdan saboq olmas ekan.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Ekkaningni hech qachon sugʻormaydigan shaxslarning bogʻlariga gullar ekishni bas qil.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Koʻz aldaydi. Quloq ham aldaydi. Ammo qalb hech qachon aldamaydi.
Najib Mahfuz
*****
Yaxshi insonlarning xatosi barchani oʻzlari kabi yaxshi deb bilganlaridir.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Muhabbat umrda bir bor keladi. Yoqtirish esa koʻp marta sodir boʻladi. Shuning uchun ularning orasini aralashtirib yuborma, yana nadomat qilib oʻtirmagin.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Barchaga yaxshilikni ravo koʻr. Boshqalarning baxti sening baxtingni ozaytirmaydi. Boshqalarning boyligi sening rizqingni kamaytirmaydi. Boshqalarning sogʻligi sendan ofiyatni tortib olmaydi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Nafas olishingni oʻzi bilanoq oʻzingni tirik deb oʻylama.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Baʼzi ayollar faylasuf bilan doʻstlashadilar. Shoirga koʻngil qoʻyadilar. Ammo savdogarga erga tegadilar.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Chiroyli ayol gavhar boʻlsa, fazilatli ayol xazinadir.
Abbos Mahmud Aqqod
*****
Har bir odam, hatto ahmoq ham hasharotni oʻldira oladi. Lekin dunyodagi barcha olimlar bitta hasharotni yarata olmaydilar.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
*****
Bir insonning qandayligini bilmoqchi boʻlsang, oʻzidan zaifroq kishi bilan qanday muomala qilayotganiga nazar sol.
“Qisqa faktlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/ekkaningni-hech-qachon-sugormaydigan-shaxslarning-boglariga-gullar-ekishni-bas-qil/