AMERIKALIKLAR — AQSH aholisining koʻpchilik qismini tashkil etadigan xalq. A. 194,2 mln. kishidan ortiq (1992), jumladan AQSHda 193 mln. kishi. Kanadada 320 ming kishi, Meksikada 135 ming kishi, Buyuk Britaniyada 120 ming kishi yashaydi. Amerikaliklar millati 17-a. ning boshlarida Angliyaning Shim. Amerikadagi mustamlakasiga Yevropadan koʻchib kelgan kishilar (ingliz, shotland, irland, golland, fransuz, ispan va b.) dan tashkil topgan. Amerikaliklar millati asosan Shim. Amerikada mustaqillik uchun kurash (1775 — 83) arafasida va shu kurash mobaynida shakllangan. AQSHga muhojir boʻlib kelgan turli-tuman etnik guruhlar assimilyatsiya boʻlib, Amerikaliklar qiyofasiga, tili va madaniya-tiga oʻz hissalarini qoʻsha bordilar. 19-a. oʻrtalarida, fuqarolar urushi (1861 — 65) arafasida AQSHga koʻp irland va nemislar keldi. 19 – a. ning oxirlarida esa Gʻarbiy Yevropa bilan bir qatorda Sharqiy va Jan. Yevropadan, Osiyodan muhojirlarning kela boshlashi Amerikaliklarning etnik xilma-xilligini kuchaytirdi. 1 – jahon urushi davrida (1914 — 18 y. larda) Meksikadan, Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlaridan ham juda koʻp muhojirlar keldi. 1 – ja-hon urushidan keyin chet ellardan koʻchib kelish qonuniy cheklab qoʻyilgach, kelgindilar soni kamaya boshladi. Dindorlari asosan protestantlar, katoliklar. Amerikaliklar millati nisbatan yosh. Etnik jihatdan qoʻshilish jarayoni tugʻallanganicha yoʻq. Koʻpgina milliy guruh (polyak, italyan va b.)lar oʻz mamlakatlari madaniyatlarini qisman saqlab qolganlar, lekin ingliz tilida soʻzlashadilar. Amerikalik oʻzbeklar ham til, urf-odat, madaniyatlarini saqdab qolganlar (yana q. Amerika Qoʻshma Shtatlari maqolasining Aholisi qismiga). Amerikaliklar ingliz tilining amerikan shevasida soʻzlashadi. Shartli ravishda baʼzan Amerika qitʼasida yashovchilarning hammasini Amerikaliklar deb ataydilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые