Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.
- Kishiga yetadigan eng katta musibatlardan biri – oʻz nafsidagi kamchilik, nuqsonni bilganidan keyin unga parvo qilmasligi, oʻsha narsa uchun mahzun boʻlmasligidir.
Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh
- Sel kelsa, baliq (selda oqib kelgan) chumolilarni yeydi. Suv qurisa, chumolilar baliqni yeydi. Hayotda barchaning fursati keladi. Hech kimni kamsitmang!
«Tarix muxrlagan soʻzlar»
- Baʼzi paytlarda turgan joyingdan ketishing koʻpchilikni saqlab qoladi.
- Bir odam Ibrohim ibn Adhamga bolalari koʻpligidan shikoyat qildi. Shunda u kishi: «Ulardan rizqi Allohning zimmasida boʻlmaganini mening oldimga yubor» dedilar. Haligi odam mulzam boʻlib, jim boʻldi.
«Al Bidoya van nihoya»dan
- Ahmoqlar bilan hech qachon tortishmang! Aks holda ular sizni oʻz darajalariga tushirib oladilar-da, keyin oʻzlarining ahmoqlik borasidagi tajribalari bilan yengib qoʻyadilar.
Mark Tven
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/ahmoqlar-bilan-hech-qachon-tortishmang-aks-holda/