Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarning bir qator fikrlari ham berilgan.
Bolakay usti sochiq bilan yopilgan idishda nimadir olib ketayotgan edi. Yoshi kattaroq kishi undan “Idishda nima olib ketyapsan?” deb soʻradi. Shunda bola “Agar idishda nima borligini boshqalar ham bilishi kerak boʻlganida, ustini sochiq bilan berkitib olmagan boʻlardim” dedi.
Allohdan boshqa hech kim komillik sifati bilan ajralib turmaydi (yaʼni komillik sifatiga ega emas). Shuning uchun boshqalarning ayblarini qidirishdan tiyiling!
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
Muvaffaqiyatsizlik – doim oʻtirvolib, muvaffaqiyat oʻzi kelishini kutadiganlarga yetadi.
Ibrohim Fiqiy
Agar senda bitta olma, menda ham bitta olma boʻlsa, ularni oʻzaro almashsak, olma senda ham, menda ham bittaligicha qoladi. Lekin senda bitta fikr, menda bitta fikr boʻlsa, ularni oʻzaro almashsak, senda ham, menda ham ikkitadan fikr yuzaga keladi.
Jorj Bernard Shou
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/muvaffaqiyatsizlik-doim-otirvolib-muvaffaqiyat-ozi-kelishini-kutadiganlarga-etadi/