EHTIYOJLAR

EHTIYOJLAR — organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur boʻlgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. Ehtiyojlar subyekt bilan uning faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, feʼlatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obyektiga qarab moddiy, maʼnaviy; subyektiga koʻra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy Ehtiyojlar boʻlishi mumkin. Ehtiyojlarning umumiy qonuniyati — ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogʻliq boʻlishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch boʻlgan Ehtiyojlar, oʻz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama taʼsir koʻrsatadi, ularning oʻziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va Ehtiyojlarni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo boʻlgan Ehtiyojlar ularni yaratish yoʻlida izlanishlarning boshlanishiga sabab boʻldi, butun bir sanoat tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi.

Tarixan Ehtiyojlar oʻsib boradi, ular xilmaxil, oʻzgaruvchan, tuzilmaviy oʻzgarishlarga uchrab turadi. Ehtiyojlar tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy oʻrinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy Ehtiyojlar (moddiy va maʼnaviy) — oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari (gazeta, kitob va boshqalar)ga Ehtiyojlar, shuningdek, iqtisodiy Ehtiyojlar tuzilmasida oliy oʻrinda turadigan mehnat qilish, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash E. i kiradi.

Iqtisodiy Ehtiyojlarni ham ularni roʻyobga chiqaradigan subyektlariga qarab tasniflash mumkin (shaxsiy — yakka, jamoa va ijtimoiy — umumiy Ehtiyojlar).

Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy Ehtiyojlar pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi (q. Talab va shaklif). Ishlab chiqarish va Ehtiyojlar oʻrtasidagi teran ichki bogʻlanishlar ehtiyojlarning oʻsib borishi qonunida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy Ehtiyojlardan tobora har tomonlama rivojlangan inson Ehtiyojlar ining shakllanishiga oʻtish tarixi tarzida qarash mumkin.

Sherqul Shodmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x