ERLANGER

ERLANGER Jozef (1874.5.1, SanFransisko — 1965.5.12, Missuri shtati) — amerikalik fiziolog, elektrofiziologiya asoschilaridan. AQSH Milliy FA aʼzosi. Kaliforniya un-tini tugatgan (1895). Jons Xopkins untida (190006) ishlagan. Viskonsin shtati un-ti (1906— 10), SentLuis (Missuri) Vashington unti fiziologiya boʻlimi boshligʻi va prof. (1910—46). Erlanger elektron ossillograf yordamida nerv hujayralari va tolalaridagi bioelektrik hodisalarni oʻrgangan, yuraktomir fiziologiyasi sohasiga munosib hissa qoʻshgan; «Yurak blokadasi» (miokard biror boʻlagining qoʻzgʻalishni oʻtkazish xususiyatining yomonlashuvi yoki toʻla yoʻqolishi) tabiatini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1944, hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x