ERJIYOS (qad. nomi Argeus) — Anadolu yassitogʻligining jan. sharqiy qismidagi vulkan, Turkiyada. Andezit, datsit, liparitlardan tuzilgan. Bal. 3916 m, Kichik Osiyodagi eng baland choʻqqi. Yon bagʻirlarida mayda konus va krater koʻp. Yunon geografi va tarixchisi Strabon qoldirgan maʼlumotga koʻra, soʻnggi marta 1-asrda otilgan. Yon bagʻri dasht, yuqorisi butazor, archazor, alp oʻtloqlaridan iborat. Choʻqqisida muzliklar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые