ELEKTROKAR

ELEKTROKAR (elektro.. va ing. sag — arava) — akkumulyatorlar batareyasadan tok olib ishlaydigan gʻildirakli (relssiz) oʻziyurar ixcham yuk mashinasi. Elektrokar shassi, akkumulyatorlar batareyasi, kuch va kommutatsiya elektr jihozlari va tortish elektr dvigatelidan iborat. Tezligi — 20 km/soat gacha. Unda 100 t gacha yuk tashish mumkin. Elektrokarning platformasi koʻtaribtushiriladigan va koʻtarilmaydigan turlari bor. Uni haydovchi oʻrindiqqa oʻtirib yoki tik turgan holda boshqaradi.

Elektrokar sanoat korxonalari, savdo tarmoqlari, t. yil st-yalari, dengiz portlari va aeroportlarda ishlatiladi. Elektrokarning dasturli (kompyuter orqali) boshqariladigan (haydovchisiz) turlari ham yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x