Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Texnologiya hamma narsani qora (balchiqqa) belashidan oldin bolaligimni oʻtkazganimga xursandman.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Miyangdan foydalan! Axir u tekin-ku!
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Eski doʻstingni tark etma. Chunki yangi doʻst u kabi boʻlmasligi mumkin.
Sulaymon Hakim
*****
Oliyjanoblik – birorta inson seni koʻrmay turgan paytda ishingni puxta, sahih qilib bajarishingdir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Odamlar bilan boʻladigan aloqam daraxt barglariga oʻxshaydi.
(Daraxt shoxi, bargi daraxtda qolsa, unib-oʻsadi, daraxtga foydasi tegadi, uzilib yerga tushgani esa hech qachon daraxtga kelib qaytadan yopishmaydi.) Yonimda qolgan insonning foydasi tegadi. Yonimdan ketgani qaytib kelmaydi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Boshingdan qiyin kunlarni oʻtkazayotganingda, “Ishlaringga biz eʼtibor beramiz, yoningdamiz” degan odamlarning qandayligini bilib olasan.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Baʼzi insonlar koʻnglimizda “Kelgusida ularga oʻxshaganlardan qanday chetlanishimiz borasida” tajriba qoldiradilar.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Biror narsaga nisbatan «Sinib qolmasmikin!» degan qoʻrquv bilan keragidan ortiq xavotir boʻlishing sening sinishingga, uni esa butun qolishiga sabab boʻladi.
(Bu xavotir seni ich-ichingdan kemiradi. Oʻsha narsaga yoki insonga hech narsa boʻlmasligi mumkin, ammo sen oʻylayverib, xavotirlanaverib ado boʻlasan deyilmoqchi.)
*****
- Biror insonga foydang tegmasa, hech boʻlmasa zararing ham tegmasin!
- Biror insonni xursand qilolmasang, hech boʻlmasa xafa ham qilma!
- Biror inson haqida yaxshi soʻz aytolmasang, hech boʻlmasa yomon soʻz ham aytma!
- Birovning yutugʻidan xursand boʻlolmasang, hech boʻlmasa hasad ham qilma!
«Oʻzingni tuzat» sahifasidan
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/biror-insonga-foydang-tegmasa-hech-bolmasa-zararing-ham-tegmasin/