Har kuni kerak boʻlgan “yuqumli kasallik”

 “U juda arzon, lekin koʻp narsa beradi. Kim olsa, uni boy qiladi, hadya etganlar esa kambagʻal boʻlib qolmaydi.

U bir necha daqiqalar davom etishi, lekin xotirada umrbod saqlanib qolishi mumkin. U charchaganlar uchun hordiq, koʻngli choʻkkanlar uchun yorugʻlik, koʻngilsiz voqealarda tabiat yaratgan malhamdir. Agar odamlarga quvonch ulashishni istasangiz, tabassum qiling…”

Xorijlik mashhur psixologning kitobidagi ushbu jumlalar diqqatimni tortdi. Biz hatto eʼtibor bermaydigan oddiy kulgining hayotimizdagi oʻrni naqadar muhim ekanini baʼzida unutib qoʻyarkanmiz.

Keyin kitobda yana bir qiziq maʼlumotga koʻzim tushdi: “Qadimda xitoyliklar, hayot tajribalariga boy kishilar boʻlishgan. Halq orasida shunday naql yurgan: “Kishining yuzida tabassum boʻlmasa, doʻkon ochmasligi lozim”. Biroz ajablanarli boʻlgan bu naqlning kundalik hayotda qanchalik haqiqat ekaniga barchamiz koʻp guvoh boʻlganmiz. Bozorda sotilayotgan biror buyumning narxini soʻrab, evaziga sotuvchining istar-istamas, mensimaygina bergan javobidan dilimiz ogʻrib, garchi oʻsha buyum yoqqan boʻlsa-da, quruq chiqib ketgan paytimiz koʻp boʻlgan.

Bu borada qadimgi xitoyliklarning yana bir: “Kulgi – yuqumli kasallik” hikmati aynan bugungi kun uchun aytilgandek. Mashhur rus kino aktyori Yuriy Nikulin: “Agarda kimdir menga shunchaki tabassum qilsa ham, men buni xursand qabul qilaman. Chunki kichkina tabassumlar organizmdan har gal bitta kichkina mikrobni chiqaradi”, – degan ekan.

Kulgining ham turlari boʻladi: yumoristik, achchiq, soxta, asabiy va haqiqiy kulgi.

Bu bebaho “yuqumli kasallik”ni atrofingizdagilarga tarqatishda himoya niqoblarini yechib tashlang. Kulgining qaysi bir turini yuqtirish ham sizning qoʻlingizda. Tajribani hozir qoʻllamoqchimisiz? Unda tabassum qiling!

 

Muhiba ISMATULLAYEVA,

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi

 

od-press.uz

https://saviya.uz/hayot/nigoh/har-kuni-kerak-bolgan-yuqumli-kasallik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x