Xotirjamlik – yarim doridir

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Agar mashaqqating borgan sari ogʻirlashib borayotganini koʻrsang, bilginki, Allohning nusrati yaqindir.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Onasi bilan birga koʻp yashamadi. Otaning mehrini his qilmadi. Uning suyanchiq aka-ukasi yoʻq edi. Opa-singilning mehrini tuymadi. Shunday boʻlsa-da, u olamlarga rahmat edi. Allohim, u zotga cheksiz salovot va salomlaringni yuborgin!

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Saodatga “Sen qachon kelasan?” deyildi. Shunda u: “Har bir nafs Alloh taolo unga yozganidan boshqasi kelmasligini bilganda kelaman” deb javob berdi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Yuksaklik – aytmoqchi boʻlgan koʻp gaplaring boʻlasa-da, ahmoqlar oldida sukut qilgan holda turishingdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Vahm – kasallikning yarmidir.

Xotirjamlik – yarim doridir.

Sabr – shifoning boshlanishidir.

Abu Ali ibn Sino

*****

Koʻpchilikning orasidan faqat seni tanlagan kishi bilan oʻz yoʻlida sendan boshqa kishini topa olmay, seni tanlagan kishining orasida farq bor.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Yiqilganingda senga uzatilgan qoʻl yoʻliqib qolganda sen bilan soʻrashgan qoʻldan ming marta ishonchliroqdir.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Odamlarning oʻziga koʻp zulm qiluvchirogʻi – shu odamning haqqini bilmaydigan, rioyasini qilmaydigan kishining mehrini qozonishga uringan kishidir.

Imom Shofeiy rahimahulloh

*****

Magʻrurlik va qaysarlik insonning oʻz ayblarini koʻrishdan va yaxshi tomonga oʻzgarishdan eng koʻp toʻsadigan narsalardandir.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Baʼzi jonzotlar oʻz dumini koʻra olmaydi. Ular faqat oʻzlariga oʻxshagan boshqa jonzotlarning dumlarini koʻradi. Ayrim odamlar ham shunday. Nasihat qiladilar, yomonlaydilar, hukm chiqaradilar, ammo oʻzlarini tuzatishga eʼtibor bermaydilar.

“Xovatir roqiya jurnali”

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/xotirjamlik-yarim-doridir/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x