ELBURS

ELBURS — Eronning shim. qismidagi togʻlar, Kaspiy dengizining jan. qirgʻoqlariga tutash, Eron togʻligining shim. chekkasi. Uz. 900 km, eni 120 km gacha. Bal. 2000—4000 m li bir nechta parallel tizmalardan iborat. Eng baland joyi 5604 m (Damovand soʻngan vulkani, Eronning eng baland nuqtasi). Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Elbursni Safidrud daryosining chuqur darasi kesib oʻtgan. Togʻ tepalari yassi, yon bagʻirlari tik. Shim. yon bagʻirlari zich keng bargli oʻrmonlar, togʻ dashti va yaylovlardan iborat, jan. nisbatan qurgʻoqchil yon bagʻri kserofit butalar bilan qoplangan. Milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Neft va gaz konlari ochilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x