Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Odamlar bilan boʻlgan aloqam doirasi kichraygani sayin rohat-farogʻat doiram kengayganini koʻrdim.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Modomiki, oʻzing egilmasang, hech bir odam sening ustingga mina olmaydi.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Alloh taolo yomon gumon qiluvchilarga yordam bersin! Ular bilan rohatning orasidagi masofa juda uzundir.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Hamma kulgular ham xursandchilik alomati boʻlavermaydi. Baʼzilari qalbdagi alam va ogʻriqni yashirish uchun niqob kulgudir.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Inson bilishi kerak boʻlgan hayotdagi eng qattiq darslardan biri – hamma ham unga yaxshilikni istamasligidir.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Fazilatli ayol qidirishdan oldin oʻzingiz fazilatli erkak boʻling. Daraxt meva berishidan oldin gullaydi. Fotimadek ayol qidirgan kishining oʻzi Alidek boʻlishi kerak.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Seni noqis holingda qabul qilishim mumkin, ammo yolgʻonchi boʻlsang, qabul qilmayman.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Ilmi oz, odobi koʻp boʻlishing ilmi koʻp, odobi oz boʻlishingdan ming marta yaxshidir.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Koʻpchilik odamlar atroflaridagi kishilar xursand boʻlishlari uchun gʻamlarini ichlarida saqlaydilar. Ey Robbim, boshqalarning shodligini oʻylab, gʻamini ichida saqlayotganlarni Oʻzing shod ayla!
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Hikmatni koʻzi ojiz kishidan ol. U qoʻlidagi hassasi bilan yerni paypaslab, aniqlashtirib olmagunicha u joyga oyogʻini qoʻymaydi.
Tavfiq Hakim
*****
Oʻzgarganimda oʻzgaradigan, boshimni silkitganimda boshini silkitadigan doʻstga ehtiyojim yoʻq. Soyam bu ishni undan yaxshiroq bajaradi.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
*****
Qalbimizni xursand qilish oson. Ozgina eʼtibor ham uni xursand qila oladi.
“Buyuklar va donishmandlar hikmati”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/modomiki-ozing-egilmasang-hech-bir-odam-sening-ustingga-mina-olmaydi/