Saxiylik

Taniqli fransuz adibi Antuan de Sent-Ekzyuperi adiblikkacha Fransiyada mohir uchuvchi sifatida tanilgan edi. Sent-Ekzyuperi Afrikadagi harbiy havo qismlaridan birida ishlab yurgan kezlari uchuvchilarga xizmat qilib yurgan marokashlik xizmatkor ona yurtiga qaytmoqchiligidan xabar topadi. Saxovatpesha uchuvchi doʻstlariga maslahat solib, xayr-ehson yoʻli bilan xizmatkorga ming frank toʻplashga erishdi.

Harbiy qismning uchuvchilaridan biri xizmatkorni Marokashning Atlantika ummoni qirgʻoqlarida joylashgan yirik port shahri boʻlmish Kasablankagacha olib borib qoʻyadi. Ortga qaytgan uchuvchi xizmatkorning ustidan yozgʻira ketdi.

Kasablankaga qoʻnishimiz bilan u meni shaharning qimmat tamaddixonasiga taklif qildi. Ovqatlanib boʻlgach, kambagʻal xizmatkorimiz ofitsiantga hotamtoylarcha choychaqa uzatdi. Ayniqsa, qishloqdoshlariga deb sovgʻa-salomlar olgani hammasidan oshib tushdi. Bu odamda pulni tejamkorlik bilan sarflash, pulga pishiq-puxtalik xususiyatidan zarracha asar yoʻq ekan, uchuvchi dildan achchiqlanib gapirdi.

Aksincha, dedi uni sinchkovlik bilan tinglab turgan uchuvchilar orasidagi Sent-Ekzyuperi, U juda pishiq-puxta odam ekan. Boisi, uning dunyoqarashicha, odamlar bu dunyoda pul tiksa foyda keltirishi mumkin boʻlgan eng ishonchli sarmoya. U sening oʻz yurtining mazali taomidan bahramand boʻlishingni istagan. Agar uning qoʻlida sening ham puling boʻlmaganida, uning bu xatti-harakati sening hurmatingni qozongan boʻlar edi. Ofitsiant nazdida esa bu xizmatkorning hurmati shohnikiga teng. Qishloqdoshlari masalasiga kelsak, uning keyingi taqdiri bevosita ularga bogʻliq. Endi ular ham unga hurmat koʻrsatib, tashlab qoʻyishmaydi. Shunday ekan, hayotda ham oxir-oqibat saxiylar gʻalaba qozonishadi.

 

“Ijod olami”, 2018/6

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/saxiylik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x