EHTIYOTSIZLIK

EHTIYOTSIZLIKayb shakllaridan biri. Qilmish oʻz-oʻziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi JKda ana shu har 2 holatda sodir etilgan jinoyat quyidagicha taʼriflanadi: «Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yeta turib, ehtiyotkorlik choratadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan boʻlsa, bunday jinoyat oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. Agar jinoyat sodir etgan shaxs oʻz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga koʻzi yetmasada, lekin koʻzi yetishi lozim va mumkin boʻlsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi» (22-modda). Ehtiyotsizlik tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy, fuqarolik, mehnat huquqlarida ham uchraydi. Oʻz xususiyatlariga koʻra, Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar qonunchilik asosida aybning birmuncha xavfsiz shakli deb belgilangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x