ELEKTROGRAFIYA (elektro… va grafiya) — kitob, jurnal va boshqalar nashrlarning rangli tasvirlarini bosishning elektr va magnit usullari majmui (bosimsiz nusxa olish usuli). Elektrografiyaga elektrofotografiya, ferromagnitografiya (tovushni yozib olishga oʻxshash) va boshqalar usullar kiradi. Elektrografiya original (asl nusxa) dan kam sonli nusxalar olishda, kichik formatli ofset bosma qoliplari tayyorlash va boshqalarda qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые