ETILENOKSID, oksiran, 1,2 epoksietan, XV efir hidi keladigan rangsiz gaz yoki suyuqlik. Mol. m. 44,05. Suyuqlanish t-rasi — 112,5°, qaynash t-rasi 10,7°, zichligi 870 kg/m3. Suv, etanol, uglevodorodlar va boshqalar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. 300° gacha barqaror, 400° dan yuqori trada azotli aralashmasi izomerlanib atsetaldegidga aylanadi yoki etilen (E. koʻproq boʻlsa) hosil qiladi. Kumush nitrat Ayog>Yu3ning suvdagi eritmasida kislorod ishtirokida oksidlansa glikol kislota, oksid va kumush katalizatorligida oksidlansa S02 va suv, nikel katalizatori ustida 30°da gidrogenlansa etanol beradi. Etilenoksid oson polimerlanadi, initsiatorlarning tabiatiga qarab mol. m. turlicha boʻlgan polietilenoksid olish mumkin. Diamerlanganda 1,4dioksan hosil boʻladi. Sanoatda etilenni oksidlash usulida sintez qilinadi. Organik sintezning muhim mahsuloti hisoblanadi. Etilenoksid etilenglikollar, galogengidrinlar, etanolaminlar, dioksan, feniletanol, ionogensiz sirt faol moddalar ishlab chiqarishda, shuningdek, tibbiyotda asbobuskunalar, bir marta qoʻllanadigan shprislarni sterilizatsiya qilishda ishlatiladi. Etilenoksid — yonuvchi, portlovchi va zaharli modda. Chaqnash t-rasi
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые