ELYUVIY

ELYUVIY (lot. — yuvaman) , elyuvial yotqiziqlar — togʻ jinslarining joyida qolib toʻplangan nurash mahsulotlari. Denudatsiya (suv, shamol va muz taʼsirida yer yuzasining yemirilishi, yuvilishi va tekislanishi) sekin kechadigan gorizontal yuza yoki qiyaliklarda shakllanadi. Strukturasi (palaxsali, sozli) va tarkibi (kaolin, temir, marganes, alyuminiy rudalari va boshqalar) ona jinslar hamda nurash tipiga, xossalari tub jinsning nurash sharoiti hamda uning davomiyligiga bogʻliq. Saralanmaganligi va qatlamga boʻlinmaganligi bilan farq qiladi.

Elyuvial yotqiziqlar quyidagi turlarga ajratiladi: karbonatli jinslar E. si (ohaktosh, dolomit, mergel, karbonatli soz slaneslari), karbonatsiz jinslar Elyuviy. s i (qumtosh va sozli slaneslar, qumtoshlar, konglomeratlar va shahrik.), kristallik Elyuviy, birlamchi va metamorfik jinslar Elyuviy si(granitlar, siyenitlar, diabazalar va shahrik.), jipslashgan jinslar ustida hosil boʻlgan hozirgi zamon lateritli E . lar. Koʻp ming va mln. yillar davomida rivojlanadigan hududlar (asosan, plato va tropiklarning baland tekisliklari)da Elyuviyning qalinligi oʻnlab metrni tashkil etib, yuqori qatlamlari kuchli nuragan mahsulotlar (gilli minerallar va mineral oksidlar), shuningdek, nurashga juda chidamli minerallar (kvars, rutil va boshqalar) dan tashkil topgan; ularda asoslar va oʻsimliklar uchun ozuqa elementlari juda kam. Yoshi uncha katta boʻlmagan maydonlar (koʻpincha toʻrtlamchi muzlik davrining bevosita yoki bilvosita taʼsiri ostida boʻlgan plato va oʻrta hamda yuqori kengliklarning baland tekisliklari)da Elyuviy qalinligi bir necha sm yoki metrlarni tashkil etadi, tarkibi esa, asosan, nurash taʼsirida kam oʻzgargan birlamchi minerallardan iborat; bunday Elyuviy asoslarga va oʻsimlik uchun ozuqa elementlariga boy. Urta Osiyoda Elyuviy, asosan, choʻl zonasida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x