EKSPORT

EKSPORT (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham Eksportga kiradi.

Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar Eksport tarkibi (koʻrinma Eksport) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar Eksport qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar Eksport ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar Eksport ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.

Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas Eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.

Har qanday davlat uchun Eksport import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (q. Tashqi iqtisodiy siyosat) E. ni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; E. ni davlat tomonidan kreditlash).

Eksportni cheklash (q. Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar Eksporti baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar Eksporti bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.

2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi E. i 3725,0 mln. AQSH dollaridan iborat boʻldi (import 2964,2 mln. AQSH dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy oʻrinda turadi.

Koʻpgina mamlakatlarda Eksport tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi (yana q. Tashqi savdo).

Qodirjon Yusupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x