EKZOTERMIK REAKSIYALAR — issiqlik ajralishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalar. Yoqilgʻining yonish jarayoni, neytrallanish reaksiyalari, oddiy moddalardan murakkab kimyoviy birikmalar hosil boʻlishidagi koʻpchilik reaksiyalar va boshqalar Ekzotermik reaksiyalar boʻladi. Biror reaksiya jarayonida ajralayotgan issiqlik miqdori modda tabiatigagina emas, boshlangʻich modda bilan reaksiya mahsulotlarining agregat holatiga hamda reaksiyaning oʻtkazilish sharoiti — tra, reaksiya paytidagi hajm oʻzgarishi va boshqalarga ham bogʻliq.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые