ESTAFETA (ital. — toʻlqin, tugʻyon) — sport musobaqasi turi. Estafetada 4 kishidan iborat sport jamoasi belgilangan masofada navbatmanavbat (birbiriga ramziy tayoqchani uzatgan holda) musobaqalashadi. Estafeta odsiy — bir xil usulda va har xil usulda boʻladi. Olimpiada oʻyinlarida Estafeta musobaqalari yengil atletika (4×100 m, 4×400 m), suvda suzish (erkin usulda ayollar uchun 4×100, erkaklar uchun 4×200 m; chalqancha, batterflyay, brass va erkin usulda suzish tartibida 4×100 m), changʻi sporti (ayollar uchun 4×5 km, erkaklar uchun 4×10 km) va biatlon (4×7,5 km) boʻyicha tashkil etiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые