ERTAKCHI

ERTAKCHIertak aytuvchi, hikoyachi. Repertuaridagi ertaklar xarakteri va hikoya qilish uslubiga koʻra E. lar bir-biridan farq qiladi: ular ijrochi va ijodkor Ertakchi larga boʻlinadi. Birinchisi oʻzi eshitgan ertakni aynan takrorlaydi. Ikkinchisi — isteʼdodli Ertakchi oʻzi eshitgan, oʻrgangan ertaklarni ijro etmay, ularga yangiliklar kiritadi, ertakka ijodkor sifatida yondashib, anʼanani buzmagan holda, ertakka yangi motiv va epizodlar qoʻshadi, uning taʼsir kuchini oshiradi; ularni oʻz didi, qobiliyati va dunyoqarashi, tinglovchilar saviyasi va talabiga moslab oʻzgartiradi.

Ertaklarning badiiy asar darajasiga yetishi, avloddan avlodga oʻtib kelishida professional Ertakchi larning xizmatlari katta boʻlgan. Ertakchi lardan Hamrobibi Umarali qizi koʻproq qahramonlik, Hasan Xudoyberdi oʻgʻli sehrli, Haydar Boycha oʻgʻli hayvonlar haqidagi, Nurali Nurmat oʻgʻli (Nurali qiziq) maishiy, Rasulov Husanboy sehrlisarguzasht, Shukurov Abdugʻofir mardlik va qahramonlik mazmunidagi ertaklarni ijro etishgan va ularning ijodi xalq orasida keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x