ELEKTRETLAR

ELEKTRETLAR — tashqi elektr maydon boʻlmaganda ham elektrlangan holatini uzoq muddat saqlaydigan qattiq dielektriklar. E. xossalari boʻyicha doimiy magnitlarga oʻxshashdir. Bunday xossalar qator organik (parafin, naftalin, ebonit, slyuda va boshqalar) va noorganik (oltingugurt, ishqoriyer metallari titanatlari — SaTYU3, 1gTYU3 va boshqalar) moddalarda namoyon boʻladi. Elektretlar olinish usuliga qarab, termoelektretlar va fotoelektretlarga boʻlinadi. Dielektrikni erish t-rasi yoki unga yaqin tragacha qizdirib, oʻzgarmas kuchli elektr maydonda sovitish yoʻli bilan barkaror termoelektret olinadi. Maydon taʼsirida molekulyar dipollarning qutblanishi roʻy beradi, dielektrik sovitilgandan va tashqi maydon olinganidan soʻng ham qisman saqlanib qoladi. Dielektriklar kuchli elektr maydonda yoritilsa, fotoelektretlar hosil boʻladi. Elektretlar elektrlangan holatini bir necha kundan million yillargacha saqlashi mumkin. Elektretlar doimiy elektr maydoni manbai sifatida qoʻllaniladi. Elektret mikrofonlar, telefonlar, vibrodatchiklar va boshqalarning ishi oʻzgaruvchan tokning elektret elektr maydonida induksiyalanishiga asoslangan. Fotoelektretlardan elektrofotografiyada foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x